Yaxshi kadrlarni qadrlash kerak

Matn19-oktabr, 2019, 11:373 daqiqa0 koʻrish

​​Yaxşi kadrlarni qadrlaş kerak
 
Kanalimda maʼlum bir şaxslar haqida yozişni unça xuşlamayman. Bu xoh maqtov, xoh tanqid bölsin, farqi yöq. Şaxslar emas, tizimlar haqida yoziş kerak, deyman. Ammo bugun istisno qilmoqçiman, rozi bölasiz.

Davlat idoralarining yuqori lavozimlariga dunyoqaraşi keng, fikrlari teran va zamonaviy mansabdorlarning kelişi meni doim xursand qiladi. Fuqarolar köplab rahbarlar bilan şaxsan taniş bölmasa ham, hatto umrida biror marta körişmagan bölsa ham, lekin ularning oçiq muloqotlarda aytgan fikrlari, özini tutişi va özgalar bilan muomalasiga qarab, özining dastlabki xulosasini çiqaradi. Masalan, Markaziy bank tomonidan taşkil qilingan matbuot anjumanidan keyin Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotovga bölgan hurmatim karrasiga oşgan edi.
 
Içki işlar organlari mutasaddilari bilan bölgan matbuot anjumanidan keyin tayinlanganiga endi 1 hafta bölgan IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi boşliği Şoxrux Ğiyasov ham ana şunday hurmatga loyiq inson ekanligiga guvoh böldim.

Tadbirda bu insonni umrimda birinçi marta kördim, bevosita suhbat qilişga ham deyarli imkonimiz bölmadi. Ammo matbuot anjumani davomida har bir masalaga adekvat baho berişi, vaziyatga diplomatik yondoşişi, taşkilot imijini himoya qiliş uçun jon kuydiriş bilan bir qatorda, yolğon sözlamasligi yoki sözlaşga harakat qilmasligi va barça uçun oçiq ekanligini amalda körsata olişi, yana bir davlat taşkilotining matbuot xizmatiga juda yaxşi mutaxassis kelganini körsatib turibdi.
 
Bunday kadrlarni qadrlaş kerak. Çunki ular biz kutgançalik köp emas. Agar borlarining qadriga yetmasak, kunimiz “kinnaçilarga” qolib ketişi mumkin.
 
Ha, töğri, könglingizdan nima xayollar ötayotganini bilaman. Halitdan maqtaşga ertadir. Bir kişi butun boşli taşkilotni oçiq va şaffof körinişga keltira olmasligi mumkin. Tizimning murakkabligi va tiş-tirnoğigaça byurokratiyaga botganligi bunday kadrlarni “yutib”, bira töla “kömib” yuborişi ham mumkin.

Yolğiz otning çangi çiqmas, çangi çiqsa ham donği çiqmas, degan naql bejizga emas. Ammo işonamiz va umid qilamizki, yaxşilar özlarining jamoasiga boşqa yaxşilarni olib keladi. Ularning safi asta-sekinlik bilan köpayadi.

Xuddi kiçkina qor jamlanmasi yumalab, yumalab katta uyumga aylangani kabi (agar ungaça erib ketmasa).

Yoki kiçkina uçqun katta gulxanga aylangani kabi (agar ungaça öçib qolmasa).
 
Ammo hozir bizda tanlov imkoniyati yöq. Biz mana şunday miltillagan uçqunlarga işonişni örganişimiz, özimizni majburlab bölsa ham ularga optimistroq qaraşni boşlaşimiz kerak. Duç kelganni yomonlab, hammaga işonçsizlik bilan qaraş biror foyda olib kelmaydi. Boz ustiga tanqid qiliş va toş otiş uçun arzirli amaldorlar ançayin köp, zerikib qolmaymiz ))
 
Xullas, Şoxrux Ğiyosov siymosida Içki işlar vazirligining xalqqa oçilişi, faoliyatining şaffoflaşişi hamda OAV bilan döstona hamkorlik örnata olişi yölida yaxşi signalni kördim.
 
Içki işlar organlariga nisbatan xalqimizning işonçi va hurmatini qaytariş yölidagi maşaqqatli işlarida Şoxrux aka va uning jamoasiga omad va zafarlar tilayman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek