Yakkabog‘dagi voqea bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi

Matn18-oktabr, 2019, 18:242 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Yakkaboğlik sobiq hokim örinbosari va uni yoqib yuborgan tadbirkorga sud hukmi öqildi

Bugun, 18-oktabr kuni, jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tuman sudida sudlanuvçilar Bahriddin Isamov (tadbirkor) va Mansur Tuymayev (sobiq hokim örinbosari)ga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.

Oliy sud matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, mazkur jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tuman sudi raisi Lutfulla Mamarajabov raisligida körib çiqildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga köra, Bahriddin Isamov Jinoyat kodeksining 25, 98-moddasi (kuçli ruhiy hayajonlaniş holatida qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş)da tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga şu modda bilan 2 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.

Mansur Tuymayev Jinoyat kodeksining 192-1-moddasi (xususiy mulk huquqini buziş) 3-qismi «a» bandi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 1 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda eng kam oylik iş haqining 510 baravari miqdorida yaʼni, 103 mln 392 ming 300 söm jarima jazosi tayinlandi. Jarimani davlat foydasiga undiriş belgilandi.

Tuymayevning jinoiy harakatlari oqibatida 61 nafar tadbirkor va 30 nafar fuqaroga yetkazilgan moddiy zararni töliq qoplab beriş majburiyati Yakkaboğ tuman hokimligi zimmasiga yuklatildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek