Prezident hokimlarni mulkni buziş borasida ogohlantirdi

Matn23-iyul, 2019, 22:101 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Prezident hokimlarni ogohlantirdi: Zarurat bölmagan holda tadbirkorning mol-mulki buzilmasligi şart

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 23-iyul kuni kiçik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Yiğilişda tadbirkorlarning bino-inşootlarini buziş va buning uçun kompensatsiya tölaş borasida tizimli yondaşuv yöqligi tanqid qilindi.

Albatta, joylarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari davomida ayrim binolarning buzilişi tabiiy hol. Biroq, aholi punktlarini istiqbolda rivojlantiriş rejalarini hisobga olmasdan, katta hududlarda joylaşgan inşootlar buzib yuborilayotgani oqibatida juda köp miqdorda kompensatsiya tölovlari kelib çiqmoqda.

Hokimliklar buziladigan binolarning örnida yangi korxonalarni quriş böyiça investorlarni topib, kompensatsiya tölovini ularning hisobidan tölanişini taʼminlamayotgani sababli uşbu xarajatlar davlat byudjeti zimmasiga tuşmoqda.

– Barça hokimlarni qatʼiy ogohlantiraman – asosli zarurat bölmagan holda tadbirkorlarga tegişli mol-mulkni buzişga umuman yöl qöyilmasligi zarur va şart, – dedi davlatimiz rahbari.

Adliya va moliya vazirliklari, Savdo-sanoat palatasiga Biznes-ombudsman iştirokida mol-mulkni buziş va kompensatsiya tölaş tartiblarini yanada takomillaştiriş yuzasidan taklif kiritiş vazifasi qöyildi.  

– Faqat katta korxonalar qurib, aholi bandligini va daromadini oşiriş, budjet tuşumlarini köpaytiriş masalalarini töliq hal eta olmaymiz. Turmuş darajasini oşirişning eng muhim yöli tadbirkorlik va kiçik biznesni rivojlantirişdir, – dedi Şavkat Mirziyoyev. 

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek