Yakkaboğda tadbirkor va hokim örinbosari örtasidagi nizo

Matn23-iyul, 2019, 15:383 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Hokimlarga "zakon" bormi?

Yakkaboğ tumanida bölgan voqeani eşitgan, videolarini körgan bölsangiz kerak.

Tadbirkorning binosini tuman hokimi örinbosari buldozerga çiqvolib, öz qöli bilan buzayotgan bölgan, tadbirkor esa jahl ustida uning ustiga benzin sepib, gugurtni yoqib ustiga otgan. Natijada hokim örinbosari 2 soniya alanga içida qolgan, atrofdagilar olovni tezda öçirib olgan.

Hokim örinbosari tanasining 35-40% kuyibdi. Tadbirkor tanasining ham bir qismi yongan.

Kun.uz esa uşbu holat böyiça suriştiruv ötkazibdi. Unda aytilişiça, binoni buziş uçun heç qanday ogohlantiriş berilmagan, voqea bölib ötgaç, hokimlikdagilar ogohlantiriş xati olib kelgan. Kompensatsiya haqidaku gap-söz bölişi mumkin emas.

Öşa zahoti tadbirkor va uning öğlini töğri IIB bölimiga olib ketişgan. Olov yoqişda qatnaşmagan bölsa ham, öğlini 50 soatdan ortiq vaqt mobaynida uşlab turilgan va hattoki uning taʼkidlaşiça, boşidagi va yelkasidagi jarohatlarni IIB xodimlari yetkazgan emiş (maqolada jarohat izlarining rasmi ilova qilingan).

❗️Bir fikrni qatʼiy taʼkidlayman, samosud – yaʼni qonunbuzarliklarga qarşi özboşimçalik bilan çora köriş yaxşi iş emas. Birovning ustiga benzin quyib yoqib yuboriş va natijada özgalarning hayotiga xavf soliş ham juda yomon iş. Bu şubhasiz, jinoyat. Iltimos, har qanday vaziyatda ham bunday qilmanglar, jahl kelganda aql ketar deyişadi, özingizni tutişga harakat qiling.

Ammo jabrlanuvçini bu işga nima majbur qilganini ham yoddan çiqarmaslik kerak.

Avvalo öşa hokim örinbosariga salomatlik tilayman va tezda tuzalib ketişiga tilakdoşman.

Lekin garçi jarohat olib, hozir jabrlanuvçiga aylanib olgan öşa “kattakon”ning özini ham albatta jazolaş kerak.

Kim unga huquq berdi, içida odamlar turgan binoni buzişga?!

Kim unga huquq berdi, na ogohlantiriş xati, na kompensatsiya tölamasdan özganing mulkiga zarar yetkazişga?

Kim unga huquq berdi, buldozer ruliga ötirib, özboşimçalik bilan, binolarni buzişga oid xavfsizlik talablariga rioya qilmasdan, zöravonlik qilişga?! Uning özboşimçaligi öşa yerdagi odamlarning hayotiga bevosita xavf solyapti-ku! Kamida buldozer haydaşga haqqi bormidi yoki yöq (guvohnoma/işonçnoma), buni ham tekşiriş kerak va jarimaga tortiş kerak.

Ayrim hokimlar va ularning örinbosarlari özlarini kim deb öylayapti? Aytinglar, kimsizlar? Nega bunçalik quturyapsizlar? Şunçalik zöravon bölib ketdinglarmi? Bu ketişda bugun özilar buldozerga ötirvolib, birovni mulkini buzayotgan bölsanglar, ertaga töppa-töğri xalqni ustiga haydaşdan ham tap tortmaysizlar şekilli?

Bugun “vlast” meni qölimda, bu hududda men xöjayinman, qonun ham özim, sud ham özim, öşançun bilganimni qilaman, deydigan baʼzi qonunbuzar zöravonlardan qaçon qutulamiz özi?

Xalqning boşqa yöli qolmayapti axir, heç qanday qonuniy yöl hokimlarga qarşi turib bera olmayapti. Yaqinda kördikku, butun boşli tuman öqituvçilariga beton quydirgan hokim örinbosari atigi 600 ming söm jarima bilan qutuldi. Şunda ham jamoatçilikning bosimi ostida. Yöqsa, heç vaqo bölmasdi. Şumi adolat?

Baraka topgurlar, tuşunsangizçi axir, hokim töralarning bunaqa zöravonligi bora-bora jamiyatda ijtimoiy portlaşga yetaklaydi. Mana şunaqa xalqni bir tiyinga olmaydigan, inson huquqlariga tupurib qöyganlarni dastidan oğir oqibatlar kelib çiqişi mumkin.

Bu kabi zöravon hokimlarni tanobini tortib qöyadigan heç kim yöqmi, a?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek