Yakkaboğ tumani hokimi va prokurori işdan olindi
⚡️Rasmiy xabar: Tadbirkor öt qöygan hokim örinbosariga nisbatan jinoiy iş oçildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida röy bergan holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Yakkaboğ tumani hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Mansur Tuymayev tadbirkor Bahriddin Isomovga tegişli ikki qavatli savdo va maişiy xizmat uyini noqonuniy ravişda buzişga bölgan xatti-harakati örnatilgan tartibda örganib çiqildi.
Örganiş xulosalariga köra, tuman hokimi Donayev Şohmurod Xolboyeviç hamda prokurori Jamşid Xalilov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Tuman hokimi örinbosari Mansur Tuymayev Xurramoviç öz vakolatiga kirmaydigan xatti-harakatlarni amalga oşirgani sababli unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli bandlari asosida jinoyat işi qözğatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
