Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyev Lolaxon Murodova xotirasini yod etdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzЎзбекистон қаҳрамони, Олтиариқ туманидаги “Нурли обод” фермер хўжалиги раҳбари Лола Муротова 64 ёшида вафот этди. Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун. 👉 @xushn…

Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişi boşlandi.

Davlatimiz rahbari sözining avvalida Özbekiston Qahramoni Lolaxon Murodovani xotirladi:

“Men Lolaxon opani köp yillardan buyon juda yaxşi bilar edim. Oxirgi paytlarda betob bölib, davolanayotgan edilar. Biz u kişi bilan doimo gaplaşib, samimiy muloqot qilar edik. Xastaliklariga qaramasdan, har doim kötarinki kayfiyatda bölib, el-yurt taşvişi, öz kasbiga sadoqat bilan yaşadilar. Halol va fidokorona mehnatdan bir daqiqa ham töxtamadilar.

Lolaxon opa hayoti davomida juda köp qiyinçilik va sinovlarni boşidan ötkazdilar. Mustahkam irodasi va matonatini namoyon etib, faqat oldinga intilib yaşadilar. Opaning ulkan ğayrat va şijoatiga qoyil qolardim.

Haqiqiy özbek dehqon ayoli timsoliga aylanib, davrimizning çinakam qahramoni sifatida yaşadilar.

Işonçim komil, Lolaxon opa yaratgan katta maktabni u kişining şogirdlari, önib-ösib kelayotgan yoşlarimiz albatta munosib davom ettiradi. Bu fidoyi va vatanparvar yurtdoşimizning yorqin xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi”.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1345
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek