29-iyuldagi test sinovlari natijalari eʼlon qilindi
29-iyulda bölib ötgan test sinovlarining natijasi (töplagan ballari)
Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov test sinovlarining birinçi kuni – 29-iyul natijalari böyiça maʼlumotlarni eʼlon qildi. Natijalar quyidagiça:
Test sinovlari şaxsni identifikatsiyalaş vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 66 ta katta siğimli binoda test sinovlari ikki smenada «Matematika», «Fizika» va «Ona tili va adabiyoti» fanlari böyiça ötkazildi.
Bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça eng yuqori ball:
a) kunduzgi taʼlim şakli böyiça:
Özbekiston milliy universitetining 5130100 – Matematika taʼlim yönalişi – 172,6 ball;
b) sirtqi taʼlim şakli böyiça:
Andijon davlat universitetining 5110700-Informatika öqitiş metodikasi taʼlim yönalişi – 142,1 ball;
v) keçki taʼlim şakli böyiça:
Samarqand davlat universitetining 5130100 – Matematika taʼlim yönalişi – 127,2 ball.
Test sinovlarida 2 smenada jami 71 ming 340 nafar abituriyent iştirok etişi belgilangan edi.
Şundan, 68 ming 736 nafari test sinovlarida iştirok etdi.
Test sinovlariga 2 538 nafar abituriyent kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 53 nafar abituriyent test sinovlaridan çetlaştirildi.
Test sinovlarida 2 576 nafar guruh nazoratçilari iştirok etdi.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

