Zoir Mirzayev majburiy mehnat sabab işdan böşatildi
Manba:Daryo — LIVE
Boş vazir Abdulla Aripov: Prezident Şavkat Mirziyoyev Zoir Mirzayevni keçirmaydi. Boşqalarni ham
Bugun, 29-oktabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga asosan Vazirlar Mahkamasida majburiy mehnatga yöl qöymaslik va uning har qanday körinişiga barham beriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Qator vazirlik va taşkilotlar rahbarlari, Xalqaro mehnat taşkiloti vakillari, OAV xodimlari iştirok etgan videoselektor yiğilişda ötgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bölgan Oqqörğondagi ariq içidagi oltovlon surati muhokama qilingan.
«Şaxsan men uçun bu juda noqulay va uyatli holat. Çunki mening örinbosarim prezidentimiz olib borayotgan siyosatga qarşi iş qildi. Mana şu holat 25-oktabr kuni yuz bergan bölsa, yurtboşimiz Zoir Mirzayevni işdan böşatiş haqidagi qarorni 27-oktabrda qabul qildi. Biroq, Konstitutsiyaga muvofiq, şanba va yakşanba kunlari heç qanday qaror va farmonlar qabul qilinmaydi. Şuning uçun biz bu qarorni bugun eʼlon qildik.
Mirzayev boş vazir örinbosarligiga köçadan kelib qolgan emas. U uzoq yillar Samarqand viloyatining Jomboy tumani hokimi, keyinroq respublikadagi eng salmoqli viloyatlardan biri Samarqand viloyati hokimi, keyinçalik qişloq va suv xöjaligi vaziri bölib faoliyat yuritgan. Şunça xalqqa xizmat qilgan, davlat taşkilotlarida mehnat qilgan bölsa-da, Prezidentimiz uni bu qilmişi uçun keçirmadi. «Qonun barçaga barobar, jazo muqarrar», deb aytdilar.
Majburiy mehnat yuzasidan bizga kelib tuşayotgan barça murojaatlar hududlarga borib, örganilmoqda. Mehnat qonunçiligini buzgan, majburiy mehnatga yöl qöygan qator tumanlar hokimlar öz lavozimidan ozod etildi. Köplab viloyatlar hokimlariga nisbatan intizomiy jazo çoralari qöllanildi», — dedi Abdulla Aripov.
Majlisda qayd etilişiça, Oqqörğondagi holatga guvoh bölgan Toşkent viloyati prokurori örinbosari, viloyat hokimi örinbosari va boşqa mansabdor şaxslar öz lavozimidan ozod etilgan. Şuningdek, Boş prokuratura ham uşbu holati qonun doirasida qattiq nazoratga olgan.
Videoselektor yiğilişida Şavkat Mirziyoyev 29-oktabr kuni «Barça darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatga yöl qöymaslik va uning har qanday körinişlariga barham beriş böyiça masʼuliyatini oşiriş töğrisida»gi farmonga imzo çekkaniga alohida eʼtibor qaratildi. Uşbu farmon bilan ötgan hafta Oqqörğonda röy bergan, jamoatçilik örtasida keng muhokama etilgan masalaga Prezident öz munosabatini bildirdi.
«Men hukumatda 10 yil, boş vazir sifatida 2 yildan beri faoliyat yuritayotgan bölsam, şu paytga qadar bunday farmon qabul qilinganini bilmayman. Davlat rahbari majburiy mehnatga qarşi kuraşişni davlat siyosati darajasiga kötardi», — dedi Abdulla Aripov.
Farmon bilan Özbekiston boş prokuroriga qişloq xöjaligi sohasida işni taşkil etiş böyiça yöl qöyilgan qöpol qonunbuzilişlarni har tomonlama örganiş böyiça topşiriq berilgan. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasiga, Boş prokuraturaga, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga majburiy mehnatga yöl qöymaslik va uning har qanday körinişlariga barham beriş yuzasidan samarali çora-tadbirlar işlab çiqiş va ularni töliq amalga oşiriş vazifalari topşirilgan.
Majlisda Özbekistonda inson huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi, majburiy mehnatning har qanday körinişlariga yöl qöymaslik masalalari Prezidentning şaxsan nazoratida ekani, inson huquqlarini poymol etişga, majburiy mehnatga yöl qöyişga heç kimning haqi yöqligi, bunday holatlarda kim bölişidan qatʼi nazar, har qanday mansabdor şaxs muqarrar jazoga tortilişi, qonun ustuvorligini taʼminlaş, noqonuniy xatti-harakatlar uçun jazo muqarrarligi prinsipiga qatʼiy amal qilinişi alohida taʼkidlab ötildi.
