Oqqörğondagi voqea va rahbarlar örtasidagi munosabatlar
@davletovuz kanali trenddagi voqeaga öz munosabatini bildirdi:
Oqqörğon tumanida «aybdor rahbarçalarni» ariqqa — sovuq suvga tuşiriş va dalada toş kötartiriş orqali jazolaş bilan boğliq voqelik sizib çiqqani, nazarimizda, öşa rahbarçalarning haq-huquqini tanib qolgani bilan emas, balki aysbergning bir uçi, xolos, yaʼni katta ehtimol, özaro raqobatlaşayotgan «minoralar»ning kuraşi bilan boğliq.
Joylarda hokimlarning mahalliy rahbarçalarni urişi, tepkilaşi, haqoratlaşi, qamab qöyişi haqida har xil gaplar yuradi. Odamlar bilmagan bunday holatlar soni biz öylaganimizdan köra köproq, aslida.
Bu masalada uronğiç, sökonğiç va zöravon hokimlar bir tomon, lekin şunday xorlaniş va xörlanişga rozi bölib, buni norma sifatida qabul qilib öz işini davom etttirayotgan rahbarçalar mavzusi ham alohida örganişga arziydi.
Gap şundaki, bunday rahbarçalarning aksariyati öz lavozimidan ketsa, hatto qorovullikka yo hammollikka yaramaydi — lavozimidan ketgan kuni ular oç qoladi. Şuning uçun bu toifa yuqorining har qanday noinsoniy munosabatiga öz istagi bilan rozi va rizo. Şu bilan birga, yuqoridan örta va quyi böğinlarga ongli ravişda şunday egiluvçan va har narsaga tayyor mavjudotlar tayin etiladi, toki har qanday topşiriq va vazifa muhokamasiz ijro etilsin. Bu aççiq haqiqat.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


