Jizzaxda 7 nafar işçi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun. Quyidagi xabarni öqib odamning ikki karra yiğlagisi keladi... 21-asrning 20-yiliga kelganimizda ham joylarda na tayinli isitiş tizimi bor, na doimiy elektr energiyasi bor, na yetarli gaz bor... Fuqarolar esa öta arzimagan sabablar bilan ölib ketişyapti... Avval ham aytilganidek, uruş yöq yurtda, odamlar qurbon bölyapti. Ming afsus...
Jizzaxda 7 nafar işçi is gazidan zaharlandi
19.11.2019-yil soat 07-30larda Jizzax viloyati, Zomin tumani IIB 10-sonli bölinmasi binosida quriliş işlarini amalga oşirayotgan 7 nafar yollanma işçilar is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etişgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 207-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Boş prokuratura Matbuot xizmati rahbari Xayot Şamsutdinov.
👉 @xushnudbek 👈

