Çilonzordagi fojiaga is gazi sabab bölgani tasdiqlandi
Soğliqni saqlaş vazirligi: Çilonzor tumanidagi fojiaga is gazidan ötkir zaharlaniş sabab bölgan
Sud-tibbiy espertiza natijalariga köra, 2018-yil 31-oktabr kuni Toşkent şahar Çilonzor tumani, Dilxuş köçasi 37-uyda istiqomat qiluvçi fuqaro A.Akbarov xonadonida röy bergan fojiali holatga taom emas, balki is gazidan ötkir zaharlaniş sabab bölgan. Bu haqda Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari, Respublika boş Davlat sanitariya vraçi Saidmurod Saidaliyev maʼlum qilmoqda.
Avval xabar qilinganidek, mazkur xonadon egasi Alişer Akbarovning 42 yoşli rafiqasi Umida Xaitova 2018-yilning 30-oktabr kuni soat 23:30larda bolalar, uyning ikkinçi qavatidagi xonaga çiqib, uxlaşgan. Ularda heç qanday kasallik belgilari kuzatilmagan. Taxminan soat 23:30larda U.Xaitovaning boşi qattiq oğrigan, köngli aynigan va köp marta qayt qilgan. Xonadon egasi A.Akbarov bu vaqtda uyda bölmagan, taxminan soat 24:00da uyga qaytgan.
Turmuş örtoğining soğliği yomonlaşgani töğrisida tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilişmagan. Er-xotin binoning birinçi qavatida uxlaşgan.
2018-yil 31-oktabr tong soat 4 larda U.Xaitova ikkinçi qavatdagi farzandlari uxlayotgan xonani oçib körganda farzandlari oğzidan köpik çiqib, behuş holda yotganini körgan va tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan. Soat 04:30da tez tibbiy yordam mutaxassislari kelib, ular tomonidan U.Xaitovaning qizlari Aziza Akbarova (1996-yil), Eʼzoza Akbarova (2001-yil), Iroda Akbarova (2003-yil) va öğli Farrux Akbarov (2012-yil)da biologik ölim holati qayd etilgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati «Kun.uz»ga xabar qilişiça, ayni paytda is gazidan yengil darajada ötkir zaharlangan U.Xayitovaga Respublika Şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida tibbiy yordam körsatilmoqda, uning ahvoli qoniqarli.
Maʼlumot uçun, uşbu xonadon egalari Dilxuş köçasi 37-uydagi yangi qurilgan 3 qavatli binoga yaqinda köçib ötişgan. Uy yertölada örnatilgan, tabiiy gazda işlaydigan isitiş qozoni orqali isitiladi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

