Çilonzorda bir oilaning tört farzandi vafot etdi
Manba:Daryo — LIVE
Çilonzordagi oilaning tört farzandi bir keçada vafot etdi. Katta ehtimol bilan, bunga is gazidan zaharlaniş sabab bölgan
Toşkent şahrining Çilonzor tumani «Gavhar» mahallasi Dilxuş köçasidagi yangi qurilgan uç qavatli uyiga yaqinda köçib kirgan oilaning tört farzandi — uç qizi va bir öğli vafot etdi. Soğliqni saqlaş vazirligining bayonotida farzandlar ölimi yuzasidan hozirça ikkita taxmin — yo ovqatdan, yo is gazidan zaharlaniş sabab bölişi mumkinligi taʼkidlangan.
Voqea joyida bölib qaytgan «Kun.uz» muxbirining Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari, Respublika boş Davlat sanitariya vraçi Saidmurod Saidaliyevga asoslanib xabar berişiça, «fojiaga zaharlaniş sabab bölgan, biroq marhumlar taomdan emas, balki katta ehtimol bilan is gazidan zaharlanişgan».
Naşr muxbiri uşbu holat yuzasidan tergov-suriştiruv işlarini olib borayotgan mutasaddilar bilan ham suhbatlaşgan. Xususan, Çilonzor tuman prokuraturasi mulozimi mazkur holat böyiça tergov işlari olib borilayotgani, Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan jinoiy iş qözğatilganini maʼlum qilgan.
Şu bilan birga, uning taʼkidlaşiça, sud-tibbiy ekspertiza xulosalari çiqmasdan turib, marhumlarning ölimiga nima sabab bölgani borasida aniq fikr bildirib bölmaydi. Is gazidan zaharlaniş taxmini tasdiqlansa, Jinoyat kodeksining 259-moddasi («yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş») böyiça jinoiy iş oçilişi mumkin.

