Davlat granti kvotalari 25 foizga oşirilişi mumkin
Kvota-2021: davlat granti 25 foizga oşirilişi mumkin
“2021/2022 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi.
☑️ Unda:
➖ davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2020/2021 öquv yiliga nisbatan 25 foizga oşirilgan holda belgilaş;
➖ ehtiyojmand oilalar qizlari uçun “ijtimoiy lift” tamoyili asosida xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab oliş darajasini kengaytiriş maqsadida alohida grant örinlarini ikki barobarga oşiriş közda tutilgan.
☑️ Şuningdek, 2021/2022 öquv yili uçun davlat OTMlariga davlat buyurtmasi parametrlari:
a) bakalavrlar tayyorlaş böyiça:
kunduzgi taʼlim şakliga – 115 343 nafar;
sirtqi taʼlim şakliga – 36 211 nafar;
keçki taʼlim şakliga – 6 325 nafar;
b) magistrlar tayyorlaş böyiça – 12 914 nafar;
v) nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlari 56 nafar etib tasdiqlanişi kutilmoqda.
☑️ Bundan taşqari, Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş vazirligining tavsiyanomasiga ega bölgan xotin-qizlar uçun bakalavriatning kunduzgi taʼlim şakli böyiça 2000 nafar qöşimça davlat granti ajratilişi mumkin.
Loyiha 10-aprelga qadar muhokama qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈


