Parij-2024 ğoliblariga 200 ming dollar mukofot beriladi

Matn14-fevral, 2022, 20:011 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Parij-2024 musobaqalarida oltin medal olgan özbek sportçisiga 200 ming dollar beriladi

Prezident qaroriga köra, 2024-yil Parij şahrida bölib ötadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya öyinlarida ğolib va sovrindor bölgan sportçilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi:

🥇oltin medali uçun — 200 ming AQŞ dollari;
🥈kumuş medali uçun — 100 ming AQŞ dollari;
🥉bronza medali uçun — 50 ming AQŞ dollari.

Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik qiliş jarayonida respublika hududida ötkazilayotgan sport musobaqalari, öquv-maşğulotlar yiğinlarida terma jamoa aʼzolarining iştirokini taʼminlaş uçun viloyatlararo yönalişlar böyiça (temir yöl va aviaçipta) transport xarajatlariga 2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-sentabrga qadar çegirmalar joriy etiladi.

Şuningdek, uşbu qarorda 2026-yil Milan şahrida bölib ötadigan qişki, 2028-yil Los-Andjeles şahrida bölib ötadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik köriş masalalarida ham topşiriq berilgan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1336
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek