Prezident Paralimpiya öyinlari ğoliblari bilan uçraşdi

Albom10-sentabr, 2021, 13:492 daqiqa0 koʻrish

Ayni daqiqalarda Prezident Tokio bölib ötgan Paralimpiya öyinlarida ğolib va sovrindor bölgan sportçilarimiz, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uçraşmoqda.

- Men uşbu taqdirlaş marosimiga ustozlaringiz bilan birga ota-onangizni ham çaqirdim. Bilasizmi, ota-ona uçun eng katta baxt – bolasining kamolini köriş. Özingiz ham ota-ona bölganingizda yaxşiroq tuşunasiz. Men sizdek farzandlarni tarbiyalaganlari uçun ularga taʼzimdaman va minnatdorman, - dedi prezident.

Eʼtiborli tomoni, Yaponiyadagi qattiq karantin qoidalari sababli naq 25 nafar paralimpiyaçimiz musobaqalarda qatnaşolmadi. Agar ular qatnaşganda, medallarimiz yanada köproq bölişi aniq edi.

— Öz yönalişlarida ğoliblikka asosiy daʼvogar hisoblangan Lobar Xurramova, Sevinç Salayeva, Vasila Aliboyeva singari dzyudoçi qizlarimiz şunday sabablar tufayli bahslarda iştirok eta olmadilar. Umid qilamizki, ular keyingi safar özlarining nimalarga qodir ekanligini albatta isbotlaşadi,- dedi prezident.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek