DTM test natijalarini eʼlon qiliş tartibini özgartirdi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz❗️Нотўғри қарор! Тест натижаларини абитуриентлар бевосита ўзлари ОТМга бориб кўришлари мумкинлиги эълон қилинди. Аммо бу пандемия шароитида жуда ва жуда нотўғр…DTM öz xabarini tahrirladi. Xabardan quyidagi gap olib taşlandi:
“Abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini körişlari mumkin böladi.”
Faqat mana bu gap qoldi:
“Natijalar eʼlon qilingandan söng test natijalari qaydnomasi oliy taʼlim muassasalariga taqdim etiladi”.
DTM natijalarni OTMlarga taqdim etişi tuşunarli, har bir OTM buni olişi şart.
Lekin endi masala baribir oçiq qolyapti, xöş, DTMdan olingan natijalarni OTMlar nima qiladi? Qanaqa qilib abituriyentlarga yetkazadi? Ötgan yillardagiday qoğozda köpaytirib ilib çiqadimi?
Hurmatli rektorlar!
Xudo xayringizni bersin, natijalarni qoğozda ilmang. OTM saytida, Telegram kanallarida PDF variantini (yoki boşqaça usulda) eʼlon qiling. Lekin zinhor OTMda odamlar töplanişiga yöl qöymang. Buni oldindan “bizga kelib ötirmanglar, baribir javoblarni ilmaymiz, elektron variantini saytimizdan körib olinglar” deb hammaga eʼlon qiling.
Hozir vaziyat qay darajada xavfli ekanligini körib turibsizku. Tuşunganingiz uçun oldindan rahmat.
👉 @xushnudbek 👈