OTMlarga hujjat topşiriş yakunlari va statistika
Keça, 15-iyul kuni, hujjat topşirişning oxirgi kuni edi.
DTM saytida xabar qilinişiça, joriy yilning 1-15-iyul kunlari Respublika böyiça jami 60ta oliy taʼlim muassasalari va ularning 19ta filialiga 675 ming 49 nafar abituriyentdan ariza qabul qilindi. Tanlov körsatkiçi bir öringa örtaça 8,3 tani taşkil etdi.
Eng köp hujjat topşirilgan OTMlar:
Qarşi davlat universiteti – 30 937 nafar;
Samarqand davlat universiteti – 28 733;
Farğona davlat universiteti – 27 726.
Eng katta konkurs qayd etilgan OTMlar:
Toşkent tibbiyot akademiyasi Farğona filiali – 1 öringa 23,2;
Andijon maşinasozlik instituti – 1 öringa 18,3;
Toşkent davlat texnika universitetining Termiz filialida – 1 öringa 17,6.
P.S.: Xabarda bitta joyi tuşunarsiz, nima uçun aynan 1-15-iyul kunlari topşirilgan hujjatlar haqida maʼlumot berişgan? 16-30-iyun kunlari topşirilgan hujjatlarçi, ular nima böladi?
675 ming - bu barça abituriyentlar sonimi yoki faqat 1-15-iyulda topşirganlari xolosmi? Hozirça şu joylariga tuşunmadim. Aniqlik kiritamiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek


