Qabul yakunlandi: 1,5 millionga yaqin abituriyent röyxatdan ötdi

Matn21-iyul, 2020, 08:221 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qabul yakunlandi. Salkam 1,5 million abituriyent röyxatdan ötdi

2020-2021-öquv yili uçun OTMlarning bakalavriat taʼlim yönalişlariga abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş rasman yakunlandi. Bu haqda DTM xabar berdi.

Röyxatga oliş 20-iyundan 20-iyulga qadar barça hududlarda DTMning rasmiy veb-sayti va Yagona portal orqali, respublikamizning 8 ta tumanida esa DXMlar orqali amalga oşirildi.

Röyxatdan ötgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni taşkil etdi. Şundan, joriy yil bitiruvçilari 536 144 nafar (36,13 %).

✅ Taʼlim şakli böyiça:

👉 Kunduzgi taʼlim şakli – 798 608 nafar (53,81 %);
👉 Sirtqi taʼlim şakli – 648 733 nafar (43,71 %);
👉 Keçki taʼlim şakli – 36 744 nafar (2,48 %).

✅ Tillar kesimida:

👉 Özbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 %);
👉 Rus tili – 139 115 nafar (9,37 %);
👉 Qoraqalpoq tili – 44 279 nafar (2,98 %);
👉 Boşqa tillar – 3 246 nafar (0,22 %).

Barça abituriyentlarga omad tilaymiz. Haqiqatda öqigan va bilimlilarga talaba böliş nasib qilsin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek