Şahnoza Soatova şifokorlarning fidoyiligi haqida yozdi

Matn20-iyul, 2020, 17:073 daqiqa0 koʻrish

«Şifokorlarimizni asraşimiz kerak»

Koronavirus infeksiyasi aniqlanib, hozirda davolanayotgan filolog va bloger Şahnoza Soatova blogida şifokorlar haqida post yozib qoldirdi. Uni töliğiça Sizlarga ham havola qilaman:

«Şifokorlar, hamşiralar, sanitarkalar,... Har safar oldimga kirişganida alohida himoya kiyimlarini körib, özlarini naqadar xavfga qöyayotganlarini öylayman. Taşqarida 40, kostyumning içida 60 daraja bölsa kerak kamida. Ularni himoyalaş uçun niqobimni taqqan bölaman. Özi asrasin!

Asli birinçi navbatda şifokorlar haqida yozişim kerak edi. Lekin xudbinlik ölsin, faqat özimni gapirdim. Şuning uçun bu safargi uzun minnatdorlik postim ularga bağişlanadi.

Oxirgi ikki kun oğir böldi, Alloh dedim va vraçlarga najot tilab talpindim. Niqob ustidan körinib turgan nigohlaridan ahvolim, kelajagim haqida nimalardir öqişga urindim. Ular esa "hammasi yaxşi böladi" deyişdi. Bugun yaxşiman ança, demak, aldaşmabdi.

Hozir Toşkent Tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasida (xalq tilida "eski Toşmi" deyiladigan) davolanyapman. Kelgan kunim ahvolim juda yomon edi, nafasim qisardi, havo yetişmayotgandi, behollik va böğinlar oğrişi, iştahasizlik... Testim natijasi manfiy bölsa ham, baribir belgilar kovidniki. Qabulxonada isitma içida navbat kutayotganimda, olib qolmay qaytarvorişsa-çi degan qörquv bor edi. Lekin olib qolişdi, mendan qoçmay, rad etmay, yordamga şoşilişdi. Kerakli dori-darmonlarni qayerdan bölsa ham topib kelib tezda davolaşni boşlaşdi.

Şunday daqiqalarda yordam qölini çözgan, şirin sözi bilan könglimni kötarib, eʼtibor va bilimi bilan soğliğim uçun kuraşayotgan, har kuni özi xabar olib, nazorat qilib turgan klinika rahbari Abdaşimov Zafar Baxtiyoroviçdan alohida minnatdorman.

Yakşanba kuni bölişiga qaramay keçasi ham qolib qarayotgan, uzoqroq ketsa, telefonda xabarlaşib, doim dardimni yengillatişga tayyor turgan 2-umumiy terapiya bölimi boşliği Atanazarov Inomjon Qadambayeviçni bir umr duo qilaman.

Gözal, Dilşoda va men ismini bilmaydigan yana boşqa hamşiralarga, sanitarkalarga ulkan minnatdorçiligimni bildiraman.

Bugun şifokorlarga nisbatan ayrim salbiy fikrlar aytilyapti. Lekin haqiqiy fidoyi, öz kasbining ustalari jonlarini xatarga qöyib bölsa ham jang maydonining oldi qatorida turişibdi. Ularning ham uyida keksa ota-onasi, yoş bolalari bor. Yaqinlarini xatarga qöymaslik uçun uylariga bir neça haftalab borişmayapti, hatto öz yaqinlari betob bölsa ham, qaray olişmayapti. Biz şunday fidoyilik qila olamizmi begona insonlar uçun?

Oxirgi ikki kun isitmam qayta çiqqanida, turli xayollar, vasvasalar içra közimga ular najot fariştasi bölib körinişdi. Işqilib nimadir qilişsin, yölini topişsin deyman. Yölini qidirişyapti, taslim bölmaymiz, opa, siz ham taslim bölmang deyişadi. Alloh rozi bölsin!

Ular uçun nimadir qilişim kerak deyman, ammo kuçim qalamimga yetadi faqat. Duo qilaman. Şifokorlarimizni asraşimiz kerak. Duolaringizda ularni ham eslang.

Yana meni dard bilan yolğiz qoldirmay, özim taslim bölay deganimda ham yöq sizni tuzatamiz deb tirgak bölib turgan, onamning ahvollari bilan ham qiziqib, yarim tunda ham murojaat qilavering deb dalda berayotgan sevimli jamoam va rahbariyatimga, maşinalar yurmagan payti onam va menga suv va dorilar yetkazib bergan Muslim Mirzajonovga, onlayn maslahatlar berib turgan barça döstlarimga, kunu-tun men uçun halovatidan keçib yelib-yugurayotgan yaqinlarimga, sevgililarimga ulkan rahmatlarim.

Menga ğoyibona madad berib turgan barça barçadan Alloh rozi bölsin! Sizlarning muhabbatingiz meni qutqaryapti.

Bugun isitmam yöq, saturatsiya 94 foiz. Yaʼni ança yaxşi bölib qoldim. Duolaringiz, hamdardligingiz, qöllab quvvatlaganingiz uçun rahmat. Köplaşib yengamiz, inşaalloh!

Tezroq tuzalişim kerak. Vaqt ğanimat, joyni boşqalarga böşatişim kerak...»

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek