Xotin-qizlar uçun imtiyozli kvotalar hisoblaniş tartibi

Matn20-iyul, 2020, 20:372 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​❓Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?

#abituriyent

Köpçilik şu savol bilan murojaat qilayotgani uçun aniq misol bilan tuşuntirmoqçiman.

Juda köp xotin-qizlar "tavsiyanoma oldim, endi aniq öqişga kiraman" deb öylayapti. Ammo bu xato. Tavsiyanomadan taşqari ular yuqori ball ham töplaş kerak, yaʼni bilim ham muhim.

Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika böylab kunduzgi taʼlimga davlat granti asosida jami 940 ta qöşimça kvota ajratilgan. Sirtqi va keçki taʼlimda imtiyoz berilmaydi.

Kvotalar hududlar kesimida bölib çiqilgan. Batafsil kvota mana bu yerda:
t.me/xushnudbek/6372

Hisoblaş tartibi

Keling, Samarqand misolida körib çiqamiz. Samarqand viloyatida yaşaydigan va tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun jami 104ta qöşimça kvota ajratilgan. Xöş, bu nimani anglatadi? Imtiyoz qanday qöllanadi?

Buning tartibi quyidagiça:

➖ tuşuniş osonroq bölişi uçun Samarqand viloyatiga 5ta kvota berilgan deb, tasavvur qilamiz;

➖ aytaylik Samarqand viloyatida jami 40 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi;

➖ pastdagi 1-rasmga qarasangiz, tavsiyanoma olgan 40 nafar xotin-qizlar respublikaning istalgan OTMlariga hujjat topşirgan (bu yerda osonroq tuşunarli bölişi uçun OTMlar nomlarini oldim, yönalişlarga bölib ötirmadim);

➖ abituriyentlar turliça ball töplaşdi;

➖ Samarqanddan tavsiyanoma olgan barça xotin-qizlar orasida eng yuqori ball olgan 5 nafar abituriyentlar grant asosida qöşimça kvotaga qabul qilinadi (2-rasmda yaşil rang bilan berilgan);

➖ rasmga qarasangiz, grantga kirgan xotin-qizlar turli hududlardagi OTMlarni tanlaganini köriş mumkin.

➖ qolgan xotin-qizlar özining bali bilan umumiy, el qatori tanlovda iştirok etadi, yaʼni bali yetsa kiradi, yetmasa kirolmaydi.

Qissadan hissa şuki, Samarqand viloyatida jami aytaylik ming nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan bölsa, ular orasidan eng köp ball töplagan 104 kişi grant asosida qöşimça kvotaga qabul qilinadi.

‼️Beşta yönalişni tanlaganda, tavsiyanoma faqat 1-yönalişga ötadi. 2 va undan keyingi yönalişlarda qöşimça kvota berilmaydi, umumiy tartibda tanlovda qatnaşiladi.

Xullas, tartibi şunaqa.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 7
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek