Test natijalarini OTMda eʼlon qiliş qaroriga eʼtiroz
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
❗️Notöğri qaror!
Test natijalarini abituriyentlar bevosita özlari OTMga borib körişlari mumkinligi eʼlon qilindi.
Ammo bu pandemiya şaroitida juda va juda notöğri qaror. Çunki natijalar qaydnomasida şaxsiy kabinet yoki SMSdagidan köproq maʼlumot böladi. Masalan, boşqa abituriyentlarning natijalari, kvotadagi egallagan örni, qöllangan imtiyozlar va h.k. Şu sababli ham yuz minglab abituriyentlar va ularning ota-onalari javoblarni körişga boradi, bu virus tarqalişining yangi öçoğiga aylanişi şubhasiz.
✅ TAKLIF:
Test natijalari qaydnomasini ham internetda eʼlon qiliş kerak! 1 yarim million abituriyent internetdan hujjat topşirişni epladi, javoblarni körişni eplolmaydimi? Agar buning uçun maxsus platforma qilinmagan yoki bu haqda hali öylanmagan bölsa, şunçaki qaydnomalarning PDF variantini eʼlon qilişsin, odamlar özi körib oladi.
‼️ Lekin har qanaqasiga ham javoblar qaydnomasini OTMlarga ilmaslik kerak! Yöq, bunaqa qilib bölmaydi. Baraka topgurlar, pandemiya şaroitida bunaqa iş qilmanglar.
👉 @xushnudbek 👈

