OTM saytlarida maʼlumotlar yetişmasligi tanqid qilindi
Bir yoqadan çiqmayotgan boşlar
OTM saytlarida abituriyentlarga kerakli barça maʼlumotlar ham yöqligi haqidagi postim köpçilikka yoqmagani aniq. «Işimiz köp paytda endi saytimizni ham yangilaşimiz kerakmi» degan eʼtirozlardan ham bilsa böladi buni.
Şu abituriyentlar Sizlarning ertangi talabangiz, ularning hisobidan maoş olasiz, ular bir umrlik şogirdingizga aylanadi, 4 yil Sizning taʼlimingizni olişadi. Demak, bundan Siz köproq manfaatdorsiz, DTM yoki boşqalar emas.
Afsuski bizda davlat taʼlimga şu darajada köp aralaşganki, aksariyat OTMlarga kim talaba bölib kelişi unça qiziqmas, kvota tölsa böldi. U joy kimlar bilan töladi, aqllilar bilanmi yoki tavakkalçilar bilan, bu unça öylantirmaydi. Çunki har qanaqa darajadagi abituriyent öqişga kirsa ham, 4 yilda amallab bitirib ketadi (bu eng oğriqli joyimiz).
Bizda seleksiya degan işlar MUTLAQO yöq, çunki rektorda özi istagan bilimli yoşni öz OTMiga qabul qiliş vakolati yöq. Qişloqlarda qançadan qança bilimli yoşlarimiz bor, şularning iqtidorini aniqlab, ularni tezda öz talabasiga aylantiriş orzusi bizda bölmagan. Çunki tizim bunga yöl bermaydi.
Ğarbda çekka hududdagi maktablarda birorta iqtidorli öquvçi çiqib qolganini eşitişsa, darrov turli taʼlim muassasalari vakillari yetib keladi va öziga olib ketişni istaydi. Mahalliy olimpiadalar yoki tanlovlarni sinçiklab kuzatib borişadi. Kadr uçun jiddiy kuraş ketadi. Çunki bilimli bitiruvçi OTMning yuzi, uning obrösi va reytingi demakdir.
Tovba, bizda esa abituriyentlar uçun saytlarni yangilab qöyaylik deyilsa, şundoq ham işimiz köp, ana DTM eʼlon qilsin, deyişadi.
OTMlar tölaqonli mustaqil bölmagunça, oliy taʼlim tizimi maʼmuriy buyruqbozlikdan bozor iqtisodiyotiga ötmagunça katta siljiş kutmaslik kerak.
Boşqa tomondan DTMga qaratilgan eʼtirozlar ham örinli. Imtiyozlilar haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qiliş qiyin işmasku. Bazadagi bor maʼlumotni ekranga çiqariş texnik tomondan katta maşaqqat talab etmaydi axir.
Yoki barça OTMlar uçun bitta vidjet yasab bersa ham böladi (API bersin demayman, mayli). Ob-havo saytlariga kirsangiz, istalgan şaharning ob-havosini öz saytingizga joylaştiradigan qilib vidjet yasab olişingiz mumkin. Yoki öz saytingizga Markaziy bank bazasidan valyutalar kursini körsatuvçi panel joylaş juda oson iş.
Xuddi şunaqa qilib har bir OTM öziga kerakli maʼlumotni saytiga yönaltiruvçi mexanizm yaratiş şunçalar qiyinmi? 21-asrning 20-yiliga yaqinlaşganimizda saytlarni qölda yangilaş şarmandali emasmi?
Agar DTM dasturçilarining vaqti bölmasa, unda autsorsing orqali dasturçilarni yollaşsin, taxminan 5 mln sömga yaratib berişadi. 50 nafar ötgan yili bitirgan abituriyentlarning tölovi ketsa ketar...
Xullas, hamma bir-biriga taşlaydi, bu uning işi, bu buning işi, deb bahona qilişadi. Bir qarasang, NAPU DTMni ayblaydi, DTM DXAning xatolari haqida gapiradi, DXA DTMni aybini qidiradi...
Hamma birikadigan, bir yoqadan boş çiqarib işlaydigan murakkab bir vaziyatda boşboşdoqlik bölişi köngilni xira qilyapti...
👉 @xushnudbek 👈
