Yer uçastkalarini sotişning yangi tartibi belgilandi

Matn9-iyun, 2021, 12:461 daqiqa0 koʻrish

Endi yer faqat onlayn auksionda sotiladi

Şavkat Mirziyoyev 8-iyun kuni imzolagan Farmonga köra, 2021-yil 1-avgustdan boşlab:

✅ Yer uçastkalari:
➖ xususiy sektorga – mulk va ijara huquqi asosida;

➖ davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga doimiy foydalaniş huquqi asosida ajratiladi.

✅ Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi;

✅ Barça hollarda yer uçastkalari faqat böş turgan va zaxiraga olingan yerlardan ajratiladi;

✅ Ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtning özida yer uçastkasini olib qöyiş, zaxiraga oliş, boşqa şaxsga ajratiş yer beriş tartibini buziş hisoblanadi va qonunga muvofiq javobgarlikka tortiş uçun asos böladi.

❗️ Tuman va şahar hokimlarning:

➖ yer uçastkalarini töğridan-töğri ajratiş;

➖ yer uçastkalariga bölgan huquqlarni belgilaş, eʼtirof etiş, özgartiriş, bekor qiliş;

➖ suğoriladigan yerlarni suğorilmaydigan yerlar toifasiga yoki boşqa yer toifasiga, suğorilmaydigan qişloq xöjaligi yerlarini boşqa yer toifasiga ötkaziş töğrisida qaror, farmoyiş yoki boşqa turdagi hujjat qabul qiliş huquqi 2021-yil 1-avgustdan bekor qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek