Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Skverdagi binolar oçiq savdoga qöyiladi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

​​Raddiya: Skverdagi binolar tendersiz berilmagan, ular oçiq savdoga qöyiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat obyektlari heç qanday tendersiz xususiy sektorga nol qiymatida berib yuborilayapti degan asossiz fikrlarni qamrab olgan turli materiallar tarqaldi.

Maʼlumki, Özbekistonda mavjud amaldagi qonunçilik böyiça davlat aktivlarini auksion, tanlov, birja savdolari kabi ommaviy savdolar orqali sotilişi belgilangan. Şunga köra, 2020-yilning yanvar-may oylarida ommaviy savdolar orqali 322 ta davlat aktivi, jumladan 273 ta davlat köçmas mulk obyekti, 41 ta davlat uluşi, 8 ta aksiya paketi 377,1 mlrd sömga, 900,0 mlrd söm investitsiya kiritiş va 4003 ta yangi iş örni yaratiş şarti bilan sotildi.

Ayrim obyektlar uni tezroq işga tuşiriş, loyihani ijtimoiy ahamiyatidan kelib çiqib, faqatgina Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan, istisno tariqasida töğridan–töğridan sotilişi mumkin. Lekin, ular umumiy sotilayotgan obyektlar soniga nisbatan juda ham kam miqdorni taşkil etadi. Qayd etiş kerakki, ular uzoq yillar davomida faoliyat körsatmay kelayotgan yoki böş turgan korxona va obyektlardir.

Toşkent şahri Amir Temur xiyoboni Buxoro va Nuroniylar köçalari kesişuvida joylaşgan Gazetalar işlab çiqariş majmuasining böş turgan binolar qismi hamda Buxoro köçasi, 10-uy manzilida joylaşgan sobiq Sverdlov nomidagi konsert zali haqida töxtaladigan bölsak, mazkur binolar foydalanilmay, eski körinişga kelib qolgan va şahar körkini buzib turgan binolar hisoblanadi.

Agentlikga aynan uşbu obyektlarga «Forsa Barsa» MÇJ tomonidan 5 yil muddat içida 15 million AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritiş, ularni töliq rekonstruksiya qiliş majburiyatini olgan holda obyektlar negizida gastrol-konsert faoliyatini taşkil etiş va kamida 150 ta yangi iş örnini yaratiş şarti bilan töğridan-töğri sotib oliş böyiça murojaat kelib tuşgan.

Lekin, bu takliflar rad etilgan. Uşbu obyektlar ommaviy savdolar orqali sotiladi. Va eng yaxşi taklif bergan investor unga ega böladi.

Şu örinda eslatib ötamiz, Agentlik xususiylaştiriş jarayonlari oçiq va şaffof amalga oşirilişidan manfaatdor. Kelajakda ham işlarni şu asosda davom ettiradi. Fikrimizga esa, yangi qabul qilinayotgan xususiylaştiriş dasturi va undagi sotilişi möljallanayotgan barça korxona va obyektlar röyxati OAV vakillari iştirokida muhokama qilingani va bu jarayonlar Respublika televideniyesi, matbuoti va internet saytlari orqali yoritilgani asos böladi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi axborot xizmati

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek