Özini özi band qilgan şaxslar uçun yangi tartiblar
Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
2020-yil 1-iyuldan boşlab şunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
👉 özini özi band qilgan şaxslarni röyxatga oliş xabar beriş tartibida özini özi band qilgan sifatida röyxatdan ötganlikni tasdiqlovçi matritsali ştrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali amalga oşiriladi hamda vaqtinçalik mehnat guvohnomalarini beriş tartibi bekor qilinadi;
👉 özini özi band qilgan şaxslar 2020-yil uçun ijtimoiy soliqni özini özi band qilgan şaxs sifatida haqiqatda işlagan vaqtidan qatʼi nazar, bazaviy hisoblaş miqdorining kamida 50 foizi (111,5 ming söm) hajmida tölaydi hamda uşbu summa töliqligiça byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga yönaltiriladi va undan kelib çiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun örnatilgan tartibda pensiya hisoblaş uçun daromad hajmi aniqlanadi;
👉 özini özi band qilgan şaxslar yollanma işçilarni jalb qila olmasligi hamda iş beruvçiga ega böla olmasligi töğrisidagi talab saqlanib qoladi.
Internet tarmoği orqali xizmatlar körsatuvçi (işlar bajaruvçi) özini özi band qilgan şaxslarga (frilansing) quyidagi huquqlar berilsin:
➖ körsatilgan xizmatlar (bajarilgan işlar) uçun çet eldagi jismoniy va yuridik şaxslar – norezidentlardan xorijiy valyutadagi tölovlarni Taşqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegişli maʼlumotlarni kiritmagan holda Özbekiston Respublikasining banklaridagi hisobraqamlariga qabul qiliş;
➖ kontrakt tuzmasdan, kelişuv töğrisidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qiliş yoki elektron yozişmalar almaşiş yoxud hisob-kitob fakturalarni (invoys), şu jumladan, elektron şaklda taqdim qiliş yöli bilan çet ellik jismoniy va yuridik şaxslarga xizmatlar körsatiş (işlar bajariş).
👤Şuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorning davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnoma unda yakka tartibdagi tadbirkorning fotosurati aks ettirilgan holda beriladi.
✅ Belgilab qöyilsinki, özini özi band qilgan şaxslar uçun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan şuğullanuvçi, iştirokçilari soni kamida uç nafar bölgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada tölaydilar.
❗️Maʼlumot uçun: Soliq kodeksiga muvofiq özini özi band qilgan şaxslar olgan daromadlaridan daromad soliği tölamaydi.
👉 @xushnudbek 👈

