Ijodkorlardan uzr sörattirişga qarşi munosabat
«Musaffo osmon» effekti
Ijodkorlarning hajviy körsatuvi uçun uzr sörattirayotganlarga bugun qarşilik qilmasak, ular ertaga salbiy qahramonlar aks etgan badiiy asarlarga öt qöyişni boşlaşadi.
Bunday dunyoqaraşi tor insonlar uçun hammayoqda ularni maqtaşlari kerak, hammayoqda faqat yaxşiliklar gapirilişi şart, illatlar va kamçiliklar mutlaqo aytilmasligi kerak. Xuddiki heç kim ularni tanqid qilmasa, tizim öz-özidan tozalanib, yaxşilanib qoladigandek.
Yaxşiyam Abdulla Qahhor, Ğofur Ğulom va Said Ahmadlar bugungi kunda ijod qilmayapti. Yöqsa turli sohalardagi illatlar hajv qilingan satirik asarlari uçun butun umri uzr söraş bilan ötib ketar edi.
Aytgança, Hojiboy Tojiboyevning oilasini ham qidirib boringlar, marhum qiziqçimizning qilgan hazillari uçun farzandlaridan uzr sörattirarsizlar balki, agar şu bilan könglinglar joyiga tuşsa.
He, örgildim...
P.S.: ayrimlarning oçiq haqorati uçun jazolaş qölidan kelmaganlar, bugun alamini boşqa ijodkorlardan olyaptimi, nima balo. Eng alam qiladigani bunaqa ahmaqona işlarning ortidan sohadagi jonkuyar, fidoyi minglab xodimlar ham birdek aziyat çekadi, ularning ham yuzi şuvut böladi.
👉 @xushnudbek 👈

