Özbekistonda anomal issiq va quruq havo kutilmoqda
ÖZBEKISTON HUDUDIDA ANOMALISSIQ VA QURUQ HAVO KUTILMOQDA.
FVV Favqulodda vaziyatlarda boşqaruv markazining (FVBM) xabarnomasi:
Özgidromet maʼlumotiga köra, 2018-yil 19-23-iyul kunlari Özbekistonga xorijiy davlat (Eron) dan quruq va juda issiq havo Turkmaniston orqali kirib keladi.
Şu munosabat bilan, respublikaning aksariyat hududlarida havoning kunduzgi harorati örtaça köp yillik qiymatlardan 5-7 darajaga oşib, 40-43 darajani taşkil etadi.
Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 44-45 gaça qiziydi, garmsil kutilmoqda.
19-23-iyul kunlari respublikaning toğ va toğ oldi mintaqalarida havo haroratining oşişi munosabati bilan Tojikiston va Qirğiziston hududlaridan glyasiyal (muzlikning erişi natijasidagi) sel kelişi mumkin.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, havfsizlik çoralarini körişingizni, köp miqdorda içimlik suvini isteʼmol qilişingizni, zaruratsiz köçaga çiqmaslikni, jismoniy harakatlarni kamaytirişingizni söraymiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
