Abituriyentlar soni kamayişining sabablari tahlili

Matn17-iyul, 2018, 11:453 daqiqa0 koʻrish

​​Keça kanalimda yozgan postimdan keyin DTM sayti öz xabarini tahrirlabdi. Xabardagi "1-15-iyul" sözlari "15-iyun-15 iyul" deya özgartirildi (aslida qabul 16-iyundan boşlangandiyu, ha, mayli, buyoğiga köz yumamiz).

Demak, endi ayrim masalalarda bemalol uzil-kesil xulosa qilsak böladi.

Joriy yilda jami 675 ming 49 nafar abituriyent hujjat topşirgan. Bu ötgan yilgiga qaraganda 54 mingga kam degani. Qiziq, har yili hujjat topşirganlar soni bir neça 10 mingtaga köpayar edi, joriy yilda esa aksinça kamaydi. Bunga nima sabab bölişi mumkin?

ÖzAga bergan intervyusida DTM axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev hujjatlar kamayişini keçki va sirtqi bölimlarning oçilişi bilan izohlagan. Ha, rostdan ham sirtqi va keçki taʼlimlarning oçilişi hujjatlar soni kamayişiga yaxşigina taʼsir körsatgan, çunki ayrim abituriyentlar sirtqi va keçki taʼlimda öqişni maʼqul körişayotgani sir emas.

Ammo menimça faqat şu birgina sabab hujjatlar kamligini keltirib çiqarmagan. Bunda bu yilgi test ötkaziş tizimining özgargani ham taʼsir qilgani aniq. Tuşuntirişga harakat qilaman.

Avvalgi test ötkaziş tartibida şu darajada "fortoçkalar" köp ediki, undan maksimal darajada foydalanişgan. Bunda "pustoy" laqabli abituriyentlar toifasi ham maşhur edi. Ularning asl maqsadi öqişga kiriş emas, balki mömaygina haq evaziga auditoriyani töldirib turiş, savollar kitobini vaqtliroq yirtib olib çiqiş va boşqa köplab funksiyalarni bajarişgan.

Özi xon kölankasi maydon bölgan OTMlarning qabul komissiyasiga bir neçta Damas va hatto avtobuslarda yuzlab "pustoy"lar taşilgan, ular 10 yillardan buyon hujjat topşiruvçi "umrboqiy abituriyent"lar edi. Tasavvur hosil qiliş uçun mana bu maqolani öqişni tavsiya qilaman.

Joriy yilgi test sinovlarida katta ehtimol bilan oldingi köp "sxema"lar işlamaydi. Yoki ularni işlata oliş yölini hali qidirib topişmagan (ilohim, sira topişolmasin).

Şu sababli minglab "pustoy"lar bu yil hujjat topşirmay qöya qolişgan. Aniqroği ularni yollaydiganlar "zakaz" berişmagan. Bu bilan joriy yilda umuman "pustoy"lar yöq, deyişdan yiroqman. "Yotib qolgunça, otib qoladiganlar" baribir urinib körişga harakat qilişi aniq! Lekin har holda uşbu yilda ötgan yillardagiday ajiotaj kuzatilmadi. Albatta bularning barçasi IMHO.

Keyin sezyapsizmi, aholi örtasida OTMlarga bölgan sunʼiy talab va vasvasa kamayib bormoqda. Avval öqişga kiriş jamiyatdagi ijtimoiy obröni belgilab berar, şunçaki maqtaniş uçun ham farzandini öqişga olib kirişga harakat qilişar edi. Bu vasvasa şu darajaga bordiki, 50-60 ming dollar pullarni heç narsa bölmaganday qurtday sanab bera boşlaşdi. Bu jarayon xuddi bir neça yil oldingi GM Uzbekistan maşinalari yoki dollar atrofidagi ur-yiqitlarga öxşaydi. Yildan-yilga qabul kvotalari soni oşirilayotgani, rasmiy "super kontrakt"lar oçilgani, yurtimizda xorijiy OTMlarning filiallari köpayotgani, sirtqi va keçki taʼlimlarga ruxsat berilgani asta-sekin jamiyatdagi öşa sunʼiy talabni kamaytirib haqiqiy holatga yaqinlaştirmoqda. Çunki hozir özimizda talaba böliş bilan maqtanib bölmay qoldi. Aqlli insonlar allaqaçon farzandini nufuzli xorijiy OTMlarda öqitiş orzusi va harakati bilan yurişibdi. Aslida ham şunday bölişi kerak.

Mayli, nima bölsa ham hammasi yaxşilikka bölsin. Biz kuzatamiz, qalbimizda yaxşi umid va işonç bilan kuzatamiz.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek