Inomjon Majidov stipendiyalarni bekor qiliş haqida

Matn16-iyul, 2018, 20:292 daqiqa0 koʻrish

Manba:Daryo — LIVE

​​Oliy taʼlim vaziri: Talabalarning 70 foizi stipendiyalarning bekor qilinişiga qarşi çiqadi

«Gazeta.uz»da oliy va örta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidovning katta intervyusi eʼlon qilindi. Unda vazir kontrakt narxi va stipendiyalarni bekor qiliş masalasiga ham töxtalib ötgan. Keyingi uç xatboşi vazir sözlaridan iqtibos:

«Stipendiya — bu talabani ijtimoiy muhofaza qiliş vositasidir. Talabalarning 70 foizi stipendiyalarning bekor qilinişiga qarşi çiqadi. Uşbu masala böyiça yakdil bir qaror qabul qiliş qiyin. Agar kontrakt qiymatini tabaqalaştirilgan körinişga keltiriladigan bölsa, u holda kimdir boşqa birov uçun tölayotgan bölib qoladi.

Talabalarning juda köp qismi uçun stipendiya muhim. Biz ham xuddi xorijiy mamlakatlardagi kabi stipendiyani bekor qiliş bosqiçiga asta-sekin yetib kelamiz. Hukumat bu ğoyalar haqida öylamayapti, deb öylaganlar adaşadi.

Hozirgi vaqtda kontrakt summasi katta emas va u oliy taʼlim muassasalarining barça xarajatlarini qoplamaydi. Oliy taʼlim muassasalarining rivoji bu masalaga boğliq ekanini inobatga oliş darkor»

Birinçidan, «Stipendiyani bekor qiliş masalasi ham kun tartibida bor», deb oçiq-oydin aytilmagunça, odamlar adaşib «hukumat bu haqda öylamayapti» deb öylaydi, bu tabiiy. Ikkinçidan, hozir ham kimdir (tölov-kontrakt asosida öqiydiganlar) boşqa birov (grantda öqiyotganlar) uçun pul tölamayaptimi? Uçinçidan, kontrakt puli tölanmaguniça stipendiya berilmaydigan tizimda qanday qilib «stipendiya — talabalarni ijtimoiy muhofaza qiliş vositasi» deb aytiş mumkin? Törtinçidan, «talabalarning 70 foizi stipendiyalarning bekor qilinişiga qarşi» ekanini tasdiqlovçi biror asosli tadqiqot, sörov, suriştiruv bormi? Öşa talabalarga «stipendiyani bekor qiliş hisobiga kontrakt pulini kamida 50 foizga arzonlaştiramiz», deb aytilsa, ular qanday munosabat bildirarkin?

Eslatib ötamiz, nafaqat oddiy odamlar, balki Oliy Majlis deputatlari ham kontrakt pulining oşirilişiga qarşi. Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining «talaba kontrakt pulining 45—80 foizi öquv yili davomida stipendiyalar körinişida qaytarib oladi» degan bayonotidan söng, köpçilik stipendiyalarni bekor qiliş hisobiga kontrakt narxini pasaytirişni talab qilmoqda.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek