Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Senator Vazirlar Mahkamasining sukutidan norozi böldi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

​​​​Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Farrux Dadaxöjayev özining Feysbukdagi sahifasida “Avtotest” masalasida hukumat sukut saqlayotgani haqida post qoldiribdi. Uşbu fikrlarni quyida töliq keltiraman.

Vazirlar Mahkamasi nega jim?

Xabaringiz bölsa, 2018-yilning 14-iyunida biz Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 4-sentabridagi “Innovatsion öqitiş uslublarini joriy etiş yöli bilan haydovçilarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş, şuningdek ularning malakasini oşiriş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi 693-son qarori xususidagi öz fikr-mulohazalarimizni Feysbukdagi rasmiy sahifamizga joylaştirgan edik, şuningdek qator ommabop saytlarda ham uning mazmuni keng yoritildi.

Şu bilan bir vaqtda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegişli murojaat yuborilib, unda joylardagi örganişlarda, internet tarmoqlarida, aholi bilan muloqotlar va hamyurtlarimizning murojaatlarida yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalarini boşqarayotgan haydovçilarning malakasini oşiriş borasida örnatilgan tartibning ijrosi bilan boğliq qator muammolar kötarilgandi.

Yuqoridagi va mavzuga oid keyingi qarorlarda bugungi kunda yurtimizda röyxatdan ötib faoliyat yuritayotgan 303.300 yuridik şaxs va 152.689 fermer xöjaligi mavjud bölib, ulardagi avtotransport vositalari haydovçi vazifasida işlovçi şaxslardan taşqari rahbarlari yoki xodimlari tomonidan ham haydovçilik guvohnomasi va işonçnoma asosida boşqarilişi, avtotransportlardan tijorat va yuklarni taşiş maqsadida foydalanilmasligi hisobga olinmagan.

Qolaversa, yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalarini boşqarayotgan haydovçilar ikki yilda bir marta malaka oşirişga majburligi belgilangan bölib, yöl harakati qoidalari tez va muntazam özgarmasligini inobatga olganda, malaka oşiriş uçun qisqa muddat, yaʼni ikki yil belgilanganligi bayon etilgandi.

Qömitamiz tomonidan Vazirlar Mahkamasiga xat orqali uşbu murojaat yöllanganiga ham roppa-rosa bir oy böldi “Jismoniy va yuridik şaxlarning murojaatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining 19-moddasiga muvofiq, bu vaqt mobaynida Hukumat tomonidan birning murojaatimiz örganib çiqilib, u böyiça tegişli çora-tadbirlar körilişi lozim edi.

Biroq, şu paytgaça bizga bu borada na yozma, na oğzaki tarzda javob kelmadi. ❗️

Fermerlar dalada ayni iş avj olgan bir paytda yiğim-terim çoğlarida malaka oşiraman deb boy bergan vaqti bebaho ekanligi haqidagi fikr-mulohazalar minglab kişilar tomonidan qöllab-quvvatlandi. Şuningdek, haydovçilar malaka oşiriş tizimini qayta körib çiqib, maʼlum muddatda (lekin ikki yilda emas, çunki yöl harakati qoidalariga kamdan-kam hollarda özgartiş kiritiladi) malaka oşirişi şart bölgan toifa şaxslarni aniq belgilaş va ular doirasini obyektiv ravişda qisqartiriş, bunda malaka oşiriş kurslari uçun “Avtotest Report” MÇJga tölanadigan mablağ hajmini ham yuridik şaxslar faoliyat kölami va yönalişidan kelib çiqib tabaqalaştiriş xususida köplab fikrlar bildirildi.

Biroq, rasmiy murojaatnoma yöllanganiga va ijtimoiy tarmoqlarda bu borada qizğin baxs-munozalar davom etayotganiga qaramay, Vazirlar Mahkamasi hamon sukut saqlamoqda...

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek