Avtotest haydovchilarni tayyorlashni to‘xtatdi
Qişloğimizda qiziq işlar bölyapti
«Avtotest» yuridik şaxslar haydovçilarini tayyorlaş faoliyatini töxtatar ekan. Bu haqda kompaniya Özbekiston xalqiga yöllangan murojaatida aytib ötibdi.
Xususan, murojaatda quyidagiça aytiladi:
«Avtotest» yuridik şaxslar haydovçilarini tayyorlaş faoliyatini töxtatadi.
Biz jamoamiz bilan şu qarorga keldik. Bizning boş maqsadimiz pul işlaş emasligini, bizda qadriyatlar boşqa ekanligini şu bilan namoyon etmoqçimiz. Biz odamlardan qinğir yöl bilan pul işlaşdan yiroqmiz».
Kompaniya qinğir yöl deganda nimani nazarda tutgani menga qoronğu. Balki ular yuridik şaxslar haydovçilarini monopol sifatida tayyorlaş va sertifikatsiz yurgan haydovçilar uçun jarima solişni qinğir yöl deb hisoblaşayotgan bölişi mumkin. Qiziq, unda bu qinğir yöllar qanday qilib Qonun va Hukumat qarorlariga kirib qoldi ekan, hayronman?
Bayonotda kompaniya xalqning ularga bölgan munosabatidan şikoyat ham qilgan:
«Ötgan davr mobaynida bizni har köyga solişdi. Yöllarda maşinalarimizni tösib kulgi qilişdi. Endi bunga yöl qöymaymiz. Andişaning otini qörqoq qöymang».
Şuningdek, kompaniya özining asosiy qadriyatlari nimaligi haqida töxtalgan:
«Bizda qadriyatlar boşqa. Bizda tahsil olganlarning birontasi taʼlim sifatiga, metodiga, yaratilgan şaroitga eʼtiroz bildira olmadi, heç bir öquvçi şikoyat qilmadi, qilolmaydi ham. Çunki biz xalq xizmati uçun jonimizni berib harakat qildik. Şu orqali biror bir inson hayotini saqlaşga hissa qöşgan bölsak, yöllarda bizning bitiruvçilarimiz ozgina bölsa-da tartibli harakatlanayotgan bölsa, şuning özi bizga katta baxt. Bizning yutuğimiz mana şu».
Xullas, endi «Avtotest» yuridik şaxslar haydovçilarini tayyorlamaydi. Şu kungaça tuzilgan şartnomalarni bekor qilib, ötkazilgan pullarni qaytarib berişar ekan. Lekin menimça hali öqişga ulgurmaganlarning pulini qaytarib berişadi, öqib bölgan va sertifikat olganlarniki qaytmasa kerak.
Şu desangiz, bu murojaat ortidan Özbekistonda juda qiziq huquqiy vaziyat yuzaga keldi.
3-avgustdan boşlab, yurtimizda yangi jarima amal qilişni boşlaydi. Yaʼni yuridik şaxslaring haydovçilarida malaka oşirganlik sertifikati bölmasa, EKIH 1 barobari (223 ming söm) miqdorida jarimaga tortiladi.
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining xabar berişiça, Özbekistonda haydovçilar malakasini oşiriş talablariga faqat «Avtotest» kompaniyasi mos tuşadi va faqat ulargina bunaqa sertifikat bera oladi. Endi esa, «Avtotest» kompaniyasi “men öqitmayman” demoqda.
❗️Qissadan hissa şuki, 3-avgustdan malaka oşiriş sertifikati bölmagan yuridik şaxslar jarimaga tortiladi, lekin Özbekistonda bunaqa sertifikat beradigan birorta taşkilot yöq.
Zör-a?! Ajoyib, juda ajoyib...
👉 @xushnudbek 👈
- 😁 1

