1-iyuldan kuchga kiradigan yangi talablar va jarimalar
Joriy yilning 1-iyulidan ikkita özgariş böladi:
1) eski pasportlar muddati tugaydi va fuqarolardan biometrik pasport söraşni boşlaşadi;
2) yuridik şaxslarning haydovçilaridan esa malaka oşirganligi töğrisida sertifikat söraşni boşlaşadi.
Ikkala hujjatning yöqligi ham jarima solişga asos böladi.
Pasportni bilmadimu, lekin katta ehtimol bilan «Avtotest» şarofati evaziga sertifikat söraş jarayoni butun respublika böylab «qattiq tekşiruv»ga aylantiriladi, toki öqişga ulgurmaganlar tezda «Avtotest» bilan şartnoma qilsin va öqisin. Kim bilsin, balki yana allakim innovatsion öquv markazi oçib qolsa (oçilişi qiyinov), noni yarimta bölişi mumkin, hozirça yagonaligi paytida maksimum foydalanib qoliş kerak. Çunki garçi 1-iyundan «Avtotest»dan boşqalar ham öqitişi mumkin deyilgan bölsada, lekin qöyilgan talablarga, adaşmasam, faqat «Avtotest» javob beradi (tan oliş kerak haqiqatdan boşqalarga qaraganda öta innovatsion).
Şu örinda yana bir fikr: malaka oşiriş sertifikatini söraş tizimi tölaqonli işlab çiqilmagan (özi nima uçun işlab çiqilganiga haliyam aniq faktlar aytişmadi).
Masalan, bitta holatni keltiraman:
A. ismli şaxs «Avtotest»da 2 oyu 10 kun öqib, 30-iyun kuni haydovçilik guvohnomasini oldi. 1-iyul kuni esa bir firmaga haydovçi bölib işga kirdi. Amaldagi tartibga köra, öşa haydovçidan ham malaka oşirganlik sertifikati söraladi, agar yöq bölsa, jarima solinadi. 1 kun avval 2 oyu 10 kunlik «Avtotest» kursini tugatgani davlatni qoniqtirmasdan, 6 kunlik malaka oşirişni talab qiladi.
Mantiq gde?
Bu önlab holatlarning bittasi xolos.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 5


