Propiskaga oid tartibga ayrim özgarişlar kiritildi

Matn10-yanvar, 2019, 12:461 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Propiskaga oid tartibga ayrim özgarişlar kiritildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev imzolagan mazkur Qonunga köra, quyidagi özgarişlar kiritildi:

👉 Mehnat kodeksida propiskasi bölmasa, işga qabul qilişni rad etiş haqidagi tartib bekor qilindi. Endi xodimni işga olişda propiska ahamiyatga ega emas;

👉 Vaqtinça yoki doimiy propiskasi bölmagan xodimni işga qabul qilgani uçun iş beruvçilarni maʼmuriy javobgarlikka tortiş tartibi bekor qilindi. Endi iş beruvçilarga bu qilmişi uçun heç qanday jazo berilmaydi;

👉 Pasport tizimi qoidalariga rioya etiş uçun masʼul bölgan şaxslar tomonidan fuqarolarning propiskasiz yaşaşga yöl qöyganligi uçun javobgarlik bekor qilindi;

❗️UNUTMANG! Lekin fuqarolar tomonidan öz turar joylarida şaxslarning (yaʼni ijaraçilarning) vaqtinça yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi böyiça hisobda turmasdan yaşaşiga yöl qöyilişi jarima qöllaşga sabab böladi.

👉 Şuningdek, voyaga yetmagan (yaʼni 18 yoşga tölmagan) şaxsning belgilangan muddatda pasport olmagani uçun maʼmuriy javobgarlik bekor qilindi.

👉 Jarima qisman kamaytirildi. Yaʼni Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 223-moddasi (pasport tizimi qoidalarini buziş) 3-qismidagi jarima miqdori EKIH 10 baravardan 5 baravarga, 4-qismidagi jarima miqdori 15 baravardan 10 baravarga tuşirildi.

Mazkur Qonun bugundan, yaʼni 2019-yil 10-yanvar sanasidan kuçga kiradi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek