Vatanparvar yuridik shaxslar haydovchilariga sertifikat beradi
Öyindan çiqqan «Avtotest» örniga — «Vatanparvar»
IIVning taʼkidlaşiça, yuridik şaxslar haydovçilarining malakasini oşirişdan boş tortgan «Avtotest» örniga, endilikda Özbekiston Mudofaasiga kömaklaşuvçi «Vatanparvar» taşkiloti sertifikat berişni boşlaydi. «Xavotirga örin yöq» demoqda vazirlik.
Hozirgi kunda «Vatanparvar» taşkiloti malaka oşiriş kurslarini oçiş uçun litsenziya oliş işlarini nihoyasiga yetkazmoqda ekan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda juda qiziq huquqiy holat yuzaga kelgan edi. Ertadan boşlab yuridik şaxs haydovçilarining yonida malaka oşiriş sertifikati bölmasa 223 ming söm jarimaga tortiladi. Lekin ayni kunda yurtimizda birorta bunday sertifikat beradigan taşkilot yöq.
👉 @xushnudbek 👈

