Parkovka qoidalarini buzganlik uçun jarimalar kamaytirilişi mumkin

Foto3-dekabr, 2020, 10:281 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Töxtaş yoki töxtab turiş (parkovka) qoidalarini buzgan haydovçilar uçun belgilangan jarimalar miqdori kamaytirilişi mumkin

Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari qonun loyihasi işlab çiqmoqda.

Loyihaga köra, mazkur huquqbuzarlik uçun jarimani BHMning bir baravari (223 ming söm) miqdorida belgilaş közda tutilmoqda. Şuningdek, huquqbuzarlikni takroran sodir etilganda jarima miqdorini oşişi ham bekor qilinişi kutilmoqda.

Bugungi kunda transport vositalari haydovçilarining töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzişi BHM uç baravari, yaʼni 669 ming söm miqdorida jarima solişga sabab böladi. Ayni huquqbuzarlikni takror sodir etiş BHMning beş baravari (1 mln 115 ming söm) miqdorida, uçinçi marta sodir etilişi esa BHMning ön baravari (2 mln 230 ming söm) miqdorida jarima solinişiga sabab böladi.

Deputatlar fikriça, Rossiya, Ukraina, Qozoğiston, Qirğiziston bilan soliştirganda uşbu huquqbuzarlik uçun eng katta jarima aynan bizda ekan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek