Özbekistondagi adolatsiz jarimalar tahlili
Adolatsiz jarimalar
Şu kunlarda bölgan voqealar ança avval yozgan yuqoridagi fikrlarimizni yana bir bor eslaşimizga majbur qildi. Yaʼni barça qonuniy qarorlar adolatli bölavermaydi.
Bizda jinoiy va maʼmuriy jazolar tubdan qayta körib çiqişga ehtiyojmand. Sababi juda köp jazolar qonuniy, lekin adolatsiz. Quyida ayrim misollarni aytaman.
👉 Kosonsoy tuman hokimining quriliş böyiça örinbosari Mubillo Isomiddinov anhor böyida tumandagi har bir maktab xodimlariga 10 metrdan joy ajratib, öqituvçilarga beton quydirgani isbotlanibdi. Bu qilmişi uçun unga MJtK 51-moddasi bilan maʼmuriy iş oçilib, jazo sifatida eng kam iş haqining 3 barobari, yaʼni 608 ming 190 söm jarima belgilanibdi.
Tasavvur qilyapsizmi, kelajagimiz bunyodkorlari bölgan şunça ziyoli öqituvçilarni qulday işlatib, ularga tekinga beton quydirib, atigi 600 ming söm jarima bilan qutilib ketyapti. Agar öşa hokim örinbosari şu işlarni mardikorlarga qildirganda ham bundan qimmatroqqa tuşardi.
Buni körgan boşqa hokimlaru, örinbosarlari ham ertaga «mana, 600 ming sömni oldindan olib qöyinglar, öqituvçilarga 1-2 kunlik “zakaz”imiz bor edi» deyişlari ham mumkin bemalol.
👉 Endi boşqa jarimalarni körib çiqaylik. Masalan, haydovçi aholi yaşaş joyida juda katta tezlikda, aytaylik 200-201 tezlikda harakatlansa, u MJtK 128-3-moddasiga binoan, EKIH 9 baravari miqdorida, yaʼni 1 mln 824 ming söm jarima tölaydi (balki ayrim texnik sabablarga köra, tölamasligi ham mumkin - post tahrirlandi - u jarimani tölabdi). Bunday harakat yöllarda YTH sodir bölişiga sababçi bölişi va haydovçining yoki yölovçilarning hayotiga bevosita xavf solişi mumkin.
👉 Boşqa misolni olaylik. Haydovçi issiqdan saqlaniş uçun, aytaylik orqa oynaga (zadniy lobovoy) tonirovka örnatsa unga EKIH 25 baravari miqdorida, yaʼni 5 mln 68 ming söm jarimaga tortiladi. Aslida bu harakat heç kimga, ha, ha, yana qaytaraman heç kimga xavf tuğdirmaydi! Tevarak-atrofini tösmaydi, harakat vaqtida heç qanday avariya holatini keltirib çiqarmaydi, haydovçining bu harakatidan jamiyatga ziğirça ham zarar yöq. Lekin jarima otning kallasiday!
Jarimalar:
Öqituvçilarga beton quydirsa - 600 ming söm
200 dan baland tezlikda yursa - 1 mln 800 ming söm
Oynaga tonirovka yoki parda ilsa - 5 mln söm
⁉️ Şu adolatdanmi?
👍 - ha, jarimalar adolatli
👎 - yöq, bu adolatsizlik
👉 @xushnudbek 👈
