Test natijalarini eʼlon qiliş tartibi belgilandi

Matn19-iyul, 2019, 11:592 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

Test natijasi qaçon eʼlon qilinadi?
#abituriyent

Prezident qarori bilan joriy yilgi test sinovlari iyul-avgust oylarida ötkazilişi belgilandi.

Şuningdek, joriy yilda ham test natijalari DTMning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Faqat ball eʼlon qilişda tartib biroz boşqaçaroq böladi.

Yaʼni abituriyent test sinovidan töplagan ballari haqidagi maʼlumotni test topşirgan kunining ertasiga bilişi mumkin. Lekin ertasi kuni faqat neça ball töplaganini bila oladi, kirgan-kirmaganini emas.

Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganiga oid maʼlumotni esa test sinovlarini ötkaziş jarayoni töliq yakunlangandan keyin bir hafta muddat içida DTM saytidan körib olişi mumkin.

Nima uçun bunday böladi?

Çunki joriy yildan boşlab abituriyent bir paytning özida 3 ta yönalişga hujjat topşira olişi rasman tasdiqlandi. Şuning uçun ham abituriyentning öqişga kirgan yoki kirmaganini 1 kunda aytiş imkonsiz.

Misol tariqasida tuşuntiraman. Xorazmlik abituriyent ÖzMU, TATU hamda UrDUga hujjat topşirdi deylik. Testga Urganç şahrida 3-avgust kuni kirdi. Öz-özidan endi avvalgi yildagidek, falon OTMning testi 1-avgustda, piston OTMning testi 3-avgustda degan narsa bölmaydi, bu yil OTMlar aralaş böladi. Faqat yönalişlardagi fanlar blokiga qarab abituriyentlar kunlarga va pavilyonlarga ajratiladi.

Şundan kelib çiqib, 3-avgust kuni test topşirgan abituriyent hali yakuniy natijani bila olmaydi, çunki u kabi ÖzMU, TATU yoki UrDU uçun hujjat topşirgan abituriyentlar 5 yoki 10-avgustda ham testga kirişi mumkin.

Öşançun ham avval hamma test topşirib bölişini kutiş kerak. Yakuniy natija şundan keyingina maʼlum böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek