Abituriyent ruxsatnomasini oliş tartibi eʼlon qilindi
Abituriyent ruxsatnomasini qanday oliş mumkin?
#abituriyent
Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov Feysbuk orqali DTM ruxsatnomasini oliş tartibi haqida maʼlumot berdi.
Test sinovlarida iştirok etiş uçun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni tarqatiş 2019-yil 20-iyuldan boşlanadi.
«Abituriyent ruxsatnomasi»ni tarqatiş quyidagiça amalga oşiriladi:
1. Abituriyentlar 20-29-iyul kunlari Internet orqali DTM www.dtm.uz rasmiy veb-saytining «Ruxsatnomani çop etiş» bölimidagi maxsus oynaga pasport (yoki tuğilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.
Ekranda paydo bölgan «ABITURIYENT RUXSATNOMASI» va «ABITURIYENTGA ESLATMA»ni çop etib oladi.
2. www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan ruxsatnomasini 22-iyulgaça olmagan kunduzgi taʼlim şakli böyiça röyxatdan ötgan abituriyentlar 23-26-iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etişi va ruxsatnomalarini olişlari mumkin:
✓ yaşaş joyidan qatʼi nazar, ixtiyoriy tuman (şahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
✓ yaşaş joyidan qatʼi nazar, ixtiyoriy OTM qabul komissiyalari;
✓ yaşaş joyidan qatʼi nazar, ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (şahar) bölimlari.
Uşbu taşkilot xodimlari www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib böyiça «Abituriyent ruxsatnomasi»ni abituriyentga çop etib beradi.
3. DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan ruxsatnomasini 25-iyulgaça olmagan sirtqi va keçki taʼlim şakllari böyiça röyxatdan ötgan abituriyentlar 26-29-iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etişi va ruxsatnomalarini olişlari mumkin:
✓ yaşaş joyidan qatʼiy nazar ixtiyoriy tuman (şahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
✓ yaşaş joyidan qatʼiy nazar ixtiyoriy OTM qabul komissiyalari;
✓ yaşaş joyidan qatʼiy nazar ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (şahar) bölimlari.
Uşbu taşkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib böyiça «Abituriyent ruxsatnomasi»ni abituriyentga çop etib beradi.
Ruxsatnomalar barça taşkilotlar tomonidan bepul çop etilib, tarqatiladi.
👉 @xushnudbek 👈

