Rossiyada qamalgan Maʼrufjon Şakarovga yordam körsatilmoqda
Rossiya Federatsiyasida ötkaziş maqsadini közlab katta miqdorda giyovandlik vositalarini saqlaşda ayblangan, 1996-yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi Maʼrufjon Şakarovga yordam körsatiş böyiça Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Boş prokuratura bilan hamkorlikda tegişli protsessual harakatlarni amalga oşirmoqda.
Bunda Özbekistonning Rosiyadagi elçixonasi Maʼrufjonga konsullik-huquqiy yordam körsatiş maqsadida tegişli taşkilotlarga, xususan Moskva şahridagi sud organlariga rasmiy murojaat bilan çiqqan.
Natijada 2018-yil 14-iyundagi Moskva şahar sudining apellyatsiya instansiyasi ajrimiga köra, M.Şakarovning qilmişida «keyinçalik ötkaziş (masalan, sotiş) maqsadi bölmaganligi» uçun jinoyat işi qayta malakalangan hamda 2017-yil 13-dekabr kuni unga berilgan 10 yillik qamoq jazosi 5 yilga kamaytirilgan.
14-iyul kuni Özbekiston elçixonasi vakili Maʼrufjon saqlanayotgan 1-raqamli jazoni ijro etiş muassasasi rahbariyati bilan telefon orqali suhbatlaşganda, u apellyatsiya ajrimidan norozi bölganligi sababli oçlik eʼlon qilgani, tartibga köra, uni bir kişilik kameraga olib ötişgani, u doimiy videokuzatuv hamda tibbiy xodimlar nazoratida bölib turgani, uning bugungi kundagi soğliğida jiddiy muammolar yöqligini maʼlum qilişgan.
Yaqin kunlarda Maʼrufjonning onasi va xolasini Maʼrufjon bilan uçraştiriş işlari taşkil qilinadi.
Mazkur masala Özbekistonning tegişli taşkilotlarining doimiy nazoratida ekanligi maʼlum qilindi.
Biz Maʼrufjonning ahvoli tez orada yaxşilanişiga umid qilamiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
