Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Xitoydagi Özbekiston fuqarolari uçun çarter reyslar

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

XITOYDA BÖLIB TURGAN ÖZBEKISTON FUQAROLARI DIQQATIGA

Hamyurtlarimizdan 2020-yil 1-fevraldan Özbekiston va Xitoy örtasida aviaqatnovlar töxtatilganiga doir köplab murojaatlar kelib tuşayotgani munosabati bilan Taşqi işlar vazirligi Xitoy tomoni bilan çarter reyslar taşkillaştiriş masalasi ustida iş ketayotganini maʼlum qiladi.

Çarter reyslar maqsadi xizmat safari va taʼlim oliş maqsadida Xitoy hududida (jumladan Uhan şahrida) bölib turgan Özbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilişdan iborat.

Özbekistonning Pekin şahridagi Elçixonasi maʼlumotiga binoan 1-fevral holatiga köra Uhan şahrida 81 nafar yurtdoşimiz bor. Ular bilan telefon orqali aloqa örnatilgan hamda WeChat ijtimoiy tarmoği («Wuhan 2020 Uzbekistan», «Embassy of Uzbekistan» va «Uzbekistan students №1» guruhlari) orqali muloqot amalga oşirilmoqda.

Pekin şahridan Toşkent şahriga çarter reyslar 4 va 5-fevral kunlari aeroportning 2-terminalidan amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda. Özbekiston fuqarolaridan 3-fevral kuni Pekin şahriga kelişlarini söraymiz. Boşqa reyslar sanasi böyiça qöşimça xabar beriladi.

Elçixona Xitoy hududida bölib turgan va qiyin vaziyatga tuşib qolgan hamyurtlarimizga har tomonlama yordam körsatiş hamda koronavirusning yangi şakli (2019-nCoV) bilan boğliq vaziyatni monitoring qiliş böyiça tezkor Ştab faoliyat körsatayotganini maʼlum qiladi.

Boğlaniş uçun maʼlumotlar

Özbekiston Respublikasining Xitoydagi Elçixonasi konsullik bölimi
Aziz Xilvatov
+86 138 1120 4471
Bobur Yaxyayev
+86 135 1102 4242

Özbekiston Respublikasining Xitoydagi Elçixonasi xodimlari
Nodir Nurmatov
+86 158 1047 7270
Şuxrat Umirov
+ 86 139 1175 4476
Rustam Nazarov
+86 138 0122 1452
Akmalxon Olimxonov
+86 185 0017 0040
Mansur Ibragimov
+86 135 5220 7848
Sardor Sirojov
+86 186 1812 9040
Avaz Kamalov
+86 178 1070 2707

Taşqi işlar vazirligi
+998 71-233-69-46
Call-center: 1164

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek