2020-yil 2-fevral — noyob universal palindrom kun
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganMaqsud Salomov kanalida qiziq maʼlumot öqib qoldim, şuni Sizlar bilan ulaşgim keldi:
2020-yil 2-fevral – öziga xos kun. Bunday kun oxirgi marta 909-yil avval sodir bölgan
Qanaqasiga?
Palindrom kun degan tuşunça bor. Bunda raqamlarda ifodalangan sananing yozilişi boşdan oxiriga qarab ham, oxiridan boşiga qarab ham bir xil öqiladi. Masalan, bugungi sana: 02.02.2020.
Bunday kunlar köp-ku, nega 2020-yil 2-fevral maxsus ekan?
Ha, palindrom kunlar köp. Masalan, 2021-yil 12-fevral ham palindrom kun: 12.02.2021. Lekin bir nozik jihat bor: dunyo davlatlarida sananing yozilişi farq qiladi.
Masalan, Özbekistonda birinçi kun, keyin oy va keyin yil yoziladi. Yaʼni 2021-yil 12-fevral quyidagiça böladi: 12.02.2021.
AQŞda esa teskari: birinçi oy, keyin kun va undan keyin yil yoziladi. Yani 2021-yil 12-fevral quyidagiça böladi: 02.12.2021.
Körib turganingizdek, baʼzi mamlakatlarda palindrom hisoblangan kun boşqa mamlakatda palindrom bölmay qolyapti.
2020-yil 2-fevral esa, yuqoridagi har ikkala usulda yozilganda ham, palindrom kun bölib qolaveradi: 02.02.2020. Şu sababli, bugun tarixdagi kam uçraydigan universal palindrom kundir.
Bundan oldingi universal palindrom kun qaçon bölgan?
Bundan oldingisi, yuqorida aytib ötganimizdek, bundan 909-yil oldin – 1111-yil 11-noyabrda bölgan: 11.11.1111.
Bundan keyingi universal palindrom kun qaçon böladi?
Bugundan keyingi universal palindrom kun yana 101-yildan keyin – 2121-yil 12-dekabrda (12.12.2121) böladi.
Lekin undan keyingi universal palindrom kun yana 1010-yildan keyin – 3030-yilda keladi (03.03.3030).
Post tugadi.
Özimdan qöşimça: sana zörlikka zör, lekin kimlardir “bunaqa kun ming yilda bir bölarkan, şu xabarni 7 kişiga yuborsang, milliarder bölasan, yubormasang 7 kundan keyin ölasan” desa, hovliqib hammaga tarqatmang, iltimos. Şunaqa xabarlarni körsangiz, tarqatişdan oldin saaaal aqlni ham işlating.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2

