Şavkat Mirziyoyev Murodjon Ahmadaliyevni tabrikladi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Professional boks böyiça jahon çempioni Murodjon Ahmadaliyevga
Qadrli farzandim Murodjon,
Avvalo, Seni, barça ustoz va murabbiylaringni, butun xalqimizni boks böyiça erişgan tarixiy ğalabang bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
AQŞning Mayami şahrida ikki yönalişdagi professional boks böyiça amaldagi jahon çempioniga qarşi ötkazgan ğoyat şiddatli va qiziqarli jangingni özbekistonliklar katta hayajon va qiziqiş bilan kuzatdi.
Millionlab tengdoşlaringga ibrat namunasini körsatib, yuksak mardlik va matonat bilan professional boksning ikkita eng nufuzli (WBA Super va IBF) yönalişlarida şunday buyuk ğalabani qölga kiritganing, jahon boksidagi uzoq yillik rekordni yangilaganing har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir.
El-yurtimizning işonçini oqlab, mustaqil Özbekiston sporti tarixida mutlaqo yangi va yorqin sahifa oçgan uşbu olamşumul zafar sohibi bölgan Sen kabi jasur va vatanparvar öğlonlarimiz bilan haqli ravişda faxrlanamiz va çin yurakdan olqişlaymiz.
Murodjon öğlim, Sen ringda özbek yigitlarining jismoniy, ruhiy va maʼnaviy jihatdan barkamolligini, heç qaçon kuragi yerga tegmagan buyuk ajdodlarning munosib vorisi ekanligini, Özbekiston tom maʼnoda boks mamlakatiga aylanib borayotganini yana bir bor isbotlading.
Fursatdan foydalanib, jonajon Vatanimizning bayroği va şon-şuhratini xalqaro maydonlarda yanada yuksaltiriş yölidagi şarafli faoliyatingda ulkan omadlar, oilaviy baxt-saodat va yangi yutuqlar tilab qolaman.
Hurmat bilan,
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Toşkent şahri,
2020-yil 1-fevral





