Gulistondagi YTH va yöllardagi ölim holatlari muhokamasi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganUyğoning, xaloyiq
Gulistonda Cobalt va Damas töqnaşişi natijasida 5 kişi halok bölibdi.
Menga jamiyatning yöl-transport hodisalariga bölgan munosabati doim hayron qoldiradi. Boşqa biror hodisadan onda-sonda 5-6 kişi vafot etsa, katta muhokamalarga sabab böladi, hamma qayğuradi, öksinadi, köziga yoş oladi, davlatdan motam eʼlon qilişni talab etadi. Umuman olganda bu töğri, har bir fojia ortidagi ölim bizni xavotirga solişi kerak. Ammo...
Ammo yöllarda HAR KUNI (!) şunça odam vafot etsa, pinagimizni ham buzmaymiz. Oddiy holdek qabul qilamiz buni. Öqimasdan ötib ham ketamiz.
Masalan, 2020-yilning 1-10-yanvar kunlari, yaʼni 10 kun içida yöllardagi halokatlar tufayli 35 kişi hayotdan köz yumgan. Tasavvur qilyapsizmi, 10 kunda 35 kişi!!!
Aslida Sizu biz yoki farzandlarimiz Qozoğiston yöllarida yoxud metro qurilişida vafot etişi ehtimoli 0,1% ga teng. Ammo yöllarda qaysidir ahmoqning xatosi bilan ölib ketişimiz ehtimoli juda va juda yuqori.
Nima uçun mana şunaqa hollarda dod-voy qilmaymiz, masʼullarni söroqqa tutmaymiz, atrofimizdagi odamlarni yöllarda öpkasini bosib yurişga çaqirmaymiz, qonunlarga böysunişni özimizdan boşlamaymiz? Nima uçun?!
Boz ustiga yöllardagi qoidabuzarlikning videosini içki işlar organlariga yuborişni söraşsa, ayrim aqllilar öziça buni nomardlik, “stukaçlik” deb baholaydi. E, örgildim sendaka marddan! Yölda qoidani buzmasdan, bitta joyingni ğijimlab yur, birovlarni nomardlikda ayblagandan köra. Sening “krutoy”ligingni deb, har yili 2 mingdan ortiq yurtdoşimiz halok bölyapti, yana bir neça ming nafari bir umrga nogiron bölib qolyapti. Tağin aql örgatganinga ölamanmi...
Hurmatli döstlar, yöllarda huşyor böling, qoidalarga amal qiling. Özgalarning qonunni bepisandlarça buzayotganini körsangiz, heç ikkilanmasdan videosini tegişli organlarga yuboring.
Bu aslo nomardlik emas, Siz bu işingiz bilan kimningdir hayotini saqlab qolişga hissa qöşgan bölişingiz mumkin. Jamoatçilik nazoratini kuçaytirmasak, har kuni qurbonlarimiz soni oşaveradi.
Ertaga öşa jasadlar orasida yoki Siz, yoki men ham bölişim mumkin, tuşunyapsizmi şuni?
Alloh har birimizni falokatlardan özi asrasin. Yöllarda halok bölganlarni öz rahmatiga olsin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

