Amaldorlar mol-mulki daromadiga muvofiqligi tekşiriladi
Şavkat Mirziyoyev amaldorlar mol-mulkining daromadiga muvofiqligi tekşirilişi haqida gapirdi. Bu Prezidentga ham taalluqli
Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga 2020-yilgi Murojaatnomasida Prezidentga hisob beradigan, korrupsiyaga qarşi kuraşişga masʼul böladigan alohida organ taşkil etişni taklif qilgan edi. 31-yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasida olimlar va yoş tadqiqotçilar bilan bölib ötgan uçraşuvda Prezident uşbu taşkilot haqida töxtalib ötdi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.
Prezidentning taʼkidlaşiça, korrupsiyaga qarşi kuraşişga masʼul taşkilotning nomi hozirça aniq emas, ammo asosiy iş yönalişlari maʼlum.
«Vazirmi, boşqami, bu uyni qurişga, bu maşinani olişga qayerdan asos topdi, bolasini qayerda öqityapti, omillar qayerda degan savolga har bir rahbar javob beradigan vaqt kelyapti... Qurgan uyini ham asoslab berişi kerak», — dedi u.
Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, yangi taşkilotda «hamma kuç-qudrat böladi, faqat uyqu vaqtidagi tuşni körolmaydi, xolos», boşqa hamma narsani bilişi mumkin.
«Amaldorning bir yillik oyligidan nima qiliş mumkin, neçta kostyum olişi mumkin, oilasining topgani bilan nima qila oladi, Prezidentning oyligi bilan nima qiliş mumkin, boşqa kattalarning oyligi bilan nima qiliş mumkin — hammasini yozib beramiz. Biz bunga juda katta tayyorgarlik köryapmiz», — deb aytgan Prezident.
Davlat rahbarining taʼkidlaşiça, amaldorning mol-mulki uning daromadiga nomuvofiq bölsa, u buni izohlab berişi kerak.
«Bularni qayerdan oldingiz, deb söraladi. Amaldor yozib beradi. Yöqsa, töningni taşla-da, xalqning içida rahbar bölişga haqqing yöq. Qonun oldida javob beradi. Şu muhitni hammaga yetkaziş kerak — boşqa yölimiz yöq», — deya qöşimça qildi Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

