Şavkat Mirziyoyev olimlar bilan uçraşdi
Şavkat Mirziyoyev olimlar bilan uçraşdi
Davlatimiz rahbari bugungi uçraşuvda matematikada ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan boğlaş, raqamli iqtisodiyot uçun mustahkam poydevor yaratiş borasidagi dolzarb vazifalarga töxtalib ötdi.
Yoşlarda matematika faniga qiziqişni kuçaytiriş, iqtidorli bolalarni seleksiya qilib, ixtisoslaştirilgan maktablar va keyinçalik oliy taʼlim muassasalariga qamrab oliş işlarini töğri taşkil qiliş kerakligi taʼkidlandi. Bolalar uçun mazkur fandan oddiy va tuşunarli tilda yozilgan ommabop darslik va öquv qöllanmalari yaratiş, matematik ongni, kerak bölsa, boğçadan boşlab şakllantiriş vazifasi qöyildi.
- Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxşi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bölib ösadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli işlab ketadi, - dedi Prezident.
Har bir tuman markazida bittadan matematika faniga ixtisoslaşgan maktab taşkil qilib, ularda işlaydigan öqituvçilarga qöşimça ustama haqlar tölaş böyiça körsatma berildi.
Yangi konlar topiş uçun yer qaʼrining yanada çuqurroq qatlamlarini geologik örganiş, murakkab tarkibli konlarni özlaştiriş böyiça sohaga ilmiy asoslangan ilğor usullar va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etiş maqsadida Toşkentda Geologiya fanlari universiteti taşkil etilmoqda.
Yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş va doktorantura tizimining natijadorligini rağbatlantiriş muhimligi taʼkidlandi.
Dissertatsiyasini muddatidan avval himoya qilgan doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlari yoki maslahatçilarini munosib rağbatlantiriş maqsadida tejalgan mablağlarni töliq tölab beriş amaliyotini joriy qiliş taklifi bildirildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

