Davlat xizmatçilarining daromadlarini oçiqlaş masalasi

Matn12-dekabr, 2018, 11:232 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz​​​​Ҳокимни ўғри урди Кун.уз нашрининг ёзишича, ўтган ҳафтада Чилонзор тумани ҳокими Сарвар Махаметовнинг хонадонига ўғри тушган. Бош прокуратуратура матбуот х…

Birovning pulini sanaş töğrimi?

Ayrimlar yuqoridagi postimda hokimga nisbatan adolatsizlik qilganimni aytişmoqda. «Uni poraxörga çiqarib qöydingiz» deganlar ham böldi. Bu xato xulosa. Dalil va faktlarsiz birovga bunday katta ayb qöyadigan odatim yöq. Hokimning uyidagi pullar halol işlab topilganiga işonişga majburman, çunki aksinça ekanligiga isbotim yöq. Özi şundoq ham boşiga musibat tuşib turgan bir paytda, qölga tuşgan öğri-muttahamlar qolib, hokimni nimadadir ayblaş, bu - nohaqlik, albatta.

Men şunçaki savol berdim. Savol beriş esa ayb emas. Jamoatçilik nazoratida fuqarolar köproq savol berişlari kerak. "Nega bu bunday?", "Nega bu qilinmadi?" yoki "Nega bu iş qilinyapti?" va h.k.

Xorijiy mamlakatlar tajribasida hukumat vakillari, yirik mansabdorlar, sudyalar har yili öz daromadlari va xarajatlarini ommaga oçiq eʼlon qiladi. Yil davomida qança pul topdi, qança işlatdi, qançasi öziga qoldi. Nomida qança mulk borligi ham albatta oçiqlanadi. Şunga qarab, xalq özi baho beradi, atigi 3-4 mln oylik oladigan, turmuş örtoği uy bekasi bölgan falon amaldor danğillama uçastkani qaysi pulga qurdi, öğliga Kaptivani qaysi pulga olib berdi, qizining superkontraktiga 200 mln sömni qayerdan oldi, uyidan öğirlangan 10 minglab dollar qayerdan kelib qoldi va h.k. Bu korrupsiyaga qarşi kuraşişning eng samarali va jahonda tan olingan mexanizmidir.

Lekin xalqaro ekspertlar bu kabi tizimni qöllaşda eng avvalo davlat xizmatçilarining ijtimoiy ahvolini (oyligi, mukofotlari, qöşimça imtiyozlari va h.k.) yaxşilaş kerakligini uqtirişadi. Yöqsa, şundoq ham arzimagan oylik oladigan mansabdorlarning daromadlari oçiqlansa, xalqda keskin norozilik, işonçsizlik keltirib çiqarişi va jamiyatdagi vaziyat izdan çiqişi mumkinligini alohida uqtirişadi. Bir tomondan ular ham haq.

Özbekiston ham qaçondir şu bosqiçga albatta keladi. Buning uçun tegişli işlar qilinayotganini ham bilamiz. Oz qoldi. Öşa kunlar keladi, işon...

Ungaça esa biz savollar berib turamiz: «bu pullar qayerdan keldi?»

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing