Soliq tölovçilar eʼtirofi-2019 jamoatçilik sörovi

Matn9-dekabr, 2019, 21:062 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Soliq tölovçilar eʼtirofi-2019» jamoatçilik sörovi

Dastlabki nominatsiyalarni eʼlon qilamiz, quyida öz variantlaringizni qoldirişingiz mumkin:

1️⃣ «Yil davomida öz tizimida korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraşgan davlat taşkiloti»

Izoh: uşbu nominatsiyada turli innovatsion yeçimlar orqali sohada korrupsiya elementlarini kamaytirişga harakat qilgan, turli davlat xizmatlari körsatilişida, öz vazifalarini bajarişda inson omilini minimumga tuşirgan, tizimda korrupsiyaga moyil xodimlarni “tozalagan” yoki ularni pora olmaslikka örgatişga maksimal harakat qilgan davlat taşkilotini körsatişingiz mumkin.

2️⃣ «Yil davomida korrupsiya elementlari eng yuqori darajada saqlanib qolgan soha (davlat taşkiloti)»

Izoh: uşbu nominatsiyada davlat xizmatlari körsatiş jarayonida korrupsion elementlar köp uçraydigan, byurokratik tösiqlar juda köp bölgan va har bir tösiqda albatta yoki zari, yoki zöri bölmasa, işini hal qilib bölmaydigan, xodimlari fuqarolardan taʼmagirlik ila haq talab qiliş holatlari qolgan taşkilotlarga nisbatan köproq uçrab turadigan, bu kabi muammolarni hal qiliş uçun yil davomida yetarli işlar qilinmagan davlat taşkilotini körsatişingiz mumkin.

❗️MUHIM ESLATMA!

Iltimos, variant qoldirayotganda quyidagilarga eʼtibor berişingizni söraymiz:

👉 Bir kişi faqat bitta izoh qoldirişi mumkin. Ikkinçi izohlar yoki offtoplar öçiriladi (bitta izoh degani, bu bitta izoh degani. Ikkita yoki uçta emas. Iltimos, qolganlar bilan çat qilib, ovozlarni hisoblaşda işimizni oğirlaştirmasligingizni söraymiz);
👉 Davlat taşkiloti nomini yozganingizda, albatta nominatsiya raqamini körsatişingizni söraymiz. Şunçaki, davlat nomini yozsangiz, qaysi nominatsiyaga uşbu variantni körsatayotganingizni bila olmaymiz;
👉 Agar istasangiz, davlat taşkiloti nomini yozib, ortidan unça uzun bölmagan izoh qoldirişingiz, variantingizni izohlaşingiz mumkin. Qöşimça izoh majburiy emas, şunçaki ikkita variant aytsangiz ham böladi. Istasangiz, faqat bitta nominatsiyaga variant aytişingiz mumkin, ikkalasiga ham aytiş şart emas, faqat raqam körsating;
👉 Izohlar 13-dekabr soat 21:00-ga qadar qoldirilişi mumkin. Undan keyingi variantlar hisoblanmaydi;
👉 Har bir nominatsiya böyiça eng köp ovoz olgan 5 ta davlat taşkiloti yakuniy sörovnomaga kiritiladi.

Barçaga faollik va fikrlari uçun oldindan minnatdorlik bildiraman!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing