Soliq tölovçilar eʼtirofi-2019 jamoatçilik sörovi

Matn11-dekabr, 2019, 21:402 daqiqa0 koʻrish

«Soliq tölovçilar eʼtirofi-2019» jamoatçilik sörovi

Navbatdagi nominatsiyalarni eʼlon qilamiz, quyida öz variantlaringizni qoldirişingiz mumkin:

1️⃣ «2019-yilda faoliyati ijobiy tarafga keskin özgargan davlat taşkiloti»

Izoh: uşbu nominatsiyada uzoq yillar davomida xalq tomonidan keskin noroziliklar bildirib kelinayotgan, lekin 2019-yilga kelib faoliyati ijobiy tomonga keskin özgargan, tizimdagi xodimlarning xalq bilan muloqoti yaxşilangan, sohadagi turli byurokratik tösiqlarni olib taşlaş yölida amaliy işlar qilingan, xalqning ham ularga nisbatan sekin-asta işonçi oşib borayotgan davlat taşkilotini körsatişingiz mumkin.

2️⃣ «2019-yildagi faoliyati davomida aholining eng köp eʼtiroziga sabab bölgan davlat taşkiloti»

Izoh: uşbu nominatsiyada yil davomida xalqning eng köp tanqidiga uçragan, şunday bölsada tanqidlar javobsiz qolib, sohada muammolarni hal qiliş uçun sezilarli heç qanday amaliy iş qilmagan, tizimli kamçiliklar avvalgi yillarga qaraganda battar yomonlaşgan yoki eskiligaça qolayotgan, faoliyatida yangi qon, yangi nafas sezilmayotgan, bir söz bilan aytganda xalqning işonçini oqlamayotgan davlat taşkilotini körsatişingiz mumkin.

❗️MUHIM ESLATMA!

Iltimos, variant qoldirayotganda quyidagilarga eʼtibor berişingizni söraymiz:

👉 Bir kişi faqat bitta izoh qoldirişi mumkin. Ikkinçi izohlar yoki offtoplar öçiriladi (bitta izoh degani, bu bitta izoh degani. Ikkita yoki uçta emas. Iltimos, qolganlar bilan çat qilib, ovozlarni hisoblaşda işimizni oğirlaştirmasligingizni söraymiz);
👉 Davlat taşkiloti nomini yozganingizda, albatta nominatsiya raqamini körsatişingizni söraymiz. Şunçaki, davlat nomini yozsangiz, qaysi nominatsiyaga uşbu variantni körsatayotganingizni bila olmaymiz;
👉 Agar istasangiz, davlat taşkiloti nomini yozib, ortidan unça uzun bölmagan izoh qoldirişingiz, variantingizni izohlaşingiz mumkin. Qöşimça izoh majburiy emas, şunçaki ikkita variant aytsangiz ham böladi. Istasangiz, faqat bitta nominatsiyaga variant aytişingiz mumkin, ikkalasiga ham aytiş şart emas, faqat raqam körsating;
👉 Izohlar 13-dekabr soat 21:00-ga qadar qoldirilişi mumkin. Undan keyingi variantlar hisoblanmaydi;
👉 Har bir nominatsiya böyiça eng köp ovoz olgan 5 ta davlat taşkiloti yakuniy sörovnomaga kiritiladi.

Barçaga faollik va fikrlari uçun oldindan minnatdorlik bildiraman!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek