Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Uluğbek Pirmuhammedov propiska va onlayn röyxat haqida

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

MUNOSABAT!

Uluğbek Pirmuhammedov, Özbekiston ekologik partiyasi aʼzosi:

"Assalomu alaykum, jonkuyar jurnalist va blogerlar! Bir narsaga eʼtibor berşingizni taklif qilardim. Bildiralayotgan taklif qaysi mavzu muammosiga oidligidan kelib çiqib munosabat bildirsangiz.

Avvalo, men Ekologik partiya nomidan emas, balki mustaqil şaxs sifatida fikrimni bildirdim. Körsatuv vaqtida mening şaxsiy fikrim deb taʼkidlab ötdim.

Avvalambor, men propiska tizimiga qarşiman. Endi şaxsiy taklifimga eʼtibor bersak, taklifim şundan iboratki, viloyatlardan işlaş maqsadida kelayotgan hamyurtlarimiz maʼlum bir muammolarga uçrayotgani töğrisida bir qança mavzular kötarildi. Aynan Xalqaro press klub boş prodyuseri Ğulomjon Samadov körsatuvida hamyurtlarimizni işlab turgan joyida profilaktika inspektorlari tomonidan jarimaga tortilayotgani töğrisida fuqarolar murojaati öqib eşittirildi. Uç kun içida röyxatga qöymasa qonuniy çora köriş kerakligi töğrisida aytib ötildi.

Bu muammolar töğrisida mendan köra siz yaxşiroq bilasiz. Sababi OAV vakilari xalq bilan özaro doimiy muloqotda. Kerak bölsa biz ham siz orqali eşitamiz baʼzi muammolarni. Men iştirokçi sifatida şaxsiy fikrimni bildirganimda, yaqinlarimiz zarurat yuzasidan işlaş maqsadida kelayotgan bölişi mumkin. Ular maʼlum muddatga kelişsada, biz bu yerda ularga röyxatdan öt deb tursak, bu odamlar uçun adolatsizlik bölmaydimi?

Propiska masalasi juda köp marta kötarilgan. Ayniqsa, blogerlarning kanallarida töliq yoritib berilgan. Öz fikrimni töliq aytib beriş imkon bölmadi, lekin qisqaça aytib ötsam. Men propiska töğrisida emas, balki onlayn röyxat, qulaylik va xavfsizlikni yaratiş maqsadida taklif qildim. Toşkentga kelayotgan qadrdonlarimiz yaşab turgan hududlaridagi inspektorlar tomonidan röyxatdan ötişsa, Toşkentda muammolarga duç kelmasligi uçun onlayn röyxat olinsa va bu röyxat, yaʼni onlayn portal dasturi orqali aks etsa, PPS tomonidan köçadan uşlab ketiş holatlari kuzatilganda, bu dastur hamyurtlarimiz huquqini himoya qiluvçi vosita vazifasini bajarardi. Balki şunda hamyurtlarimiz noroziligiga sabab bölayotgan muammo qaysidir maʼnoda öz yeçimini topar edi. Taklifda qiyinçiliklarga duç kelayotgan hamyurtlarimizni kamsitiş nazarda tutilmagan, balki ularning huquqini himoya qiliş va ularga şaroit yaratiş maqsadi bor edi. Vaholanki, heç birimizning haqqimiz yöq mahalliyçilik qilişga, hammamiz teng huquqli fuqoromiz. Axir Özbekiston Respublikasida bitta yaşil pasport bor. Fikrlarimni boşqaça talqin qilmaslikni sörar edim.

Ezgulik - bu töliq ayta olmagan sözlardan emas, balki niyatlarga qarab baholanişi kerak deb öylayman."

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek