Soliq tölovçilar eʼtirofi-2019 sörovi natijalari

Matn30-dekabr, 2019, 11:091 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun «Soliq tölovçilar eʼtirofi-2019» jamoatçilik sörovining natijalarini eʼlon qilamiz.

Şu örinda bu böyiça ayrim fikrlarni aytib ötmoqçi edim. Kanal muallifi sifatida men faqat nominatsiyalarni belgiladim xolos. Lekin öşa nominatsiyalar böyiça kimlar nomzod etib körsatilişi va kimlar ğolib bölişiga mening aloqam yöq, bularning barçasi muştariylarning izohlari hamda sörovnomada bergan ovozlari natijasida yuzaga kelgan.

Bundan taşqari jamoatçilik sörovining nomi «Soliq tölovçilar eʼtirofi» deb nomlanganini ham ayrimlar biroz notöğri talqin qilibdi, yaʼni soliq organlariga aloqasi bölsa kerak, deb öylaşibdi. Aslida bunday emas. Özbekiston Respublikasining barça fuqarolari aslida soliq tölovçilar. Sizu biz tölayotgan soliqlar evaziga davlat byudjetining asosiy qismi şakllanadi. Sizu biz tölayotgan soliqlar evaziga davlat amaldorlari va xizmatçilari oylik maoş olişadi. Qöpolroq qilib tuşuntirganda, fuqarolar isteʼmolçi, davlat esa isteʼmolçilar tölagan pul evaziga ularga xizmat körsatadi. Agar xizmat yaxşi bölmasa, unda isteʼmolçilar şikoyat qilişi, yaxşiroq xizmat körsatişni talab qilişi mumkin.

Şuning uçun har bir fuqaro özini soliq tölovçi ekanligini unutmasa hamda tölagan soliqlari (tölovlari) evaziga davlat taşkilotlarini savolga tutişni boşlasa, köp narsa ijobiy özgargan bölar edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing